2-Modul. Iqtisodiy statistika 13-mavzu. O‘zbekiston milliy hisoblar tizimi-iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha. Iqtisodiy rivojlanish darajasini va dinamikasini
harakterlaydigan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimi. Milliy hisoblar tizimi
hisoblamalari tasnifi va ularni tuzish tamoyillari. Ishlab chiqarish hisoblamasining
ko‘rsatkichlari va uning uslubiyati. Daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasining
ko‘rsatkichlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Birlamchi daromadlar tushunchasi.
Daromadlarni taqsimlash hisoblamasining ko‘rsatkichlari va uning o‘ziga xos uslubiyati.
Yalpi ichki mahsulot-milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi. Yalpi milliy daromadni
taqsimlash va qayta taqsimlash. Mavjud milliy daromad. Sof milliy daromad. Mavjud milliy
daromad va sof milliy daromadni hisoblash usullari. Tashqi dunyo bilan aloqalarini
harakterlaydigan tovar va xizmatlar hisoblamasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ayrim institutsional sektorlar uchun tuziladigan hisoblamalarining o‘ziga xos xususiyatlari.
14-mavzu. Aholi statistikasi Aholi soni va tarkibini statistic o‘rganish. Doimiy va mavjud aholi soni, ular orasidagi
bog‘lanish. Aholi sonini aniqlash, o‘rtacha aholi sonini hisoblash usullari. Aholi soni
dinamikasi ko‘rsatkichlari. Aholining jinsi, millati, oilaviy holati, ma’lumot darajasi va
boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish. Aholining hududlar bo‘yicha joylashishi. Shahar va
qishloq aholisi. Aholining tabiiy va mexanik harakati statistikasi. Aholining tabiiy va
mexanik harakati haqida tushuncha. Aholining tabiiy harakatini ifodalovchi absolyut va
nisbiy ko‘rsatkichlar: tug‘ilishi, vafot etishi, tabiiy o‘sishi. Tug‘ilish va vafot etishning
umumiy va maxsus koeffisientlari. Aholi migratsiyasi turlari. Aholi migratsiyasining
absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari. Hozirgi kundagi aholi mexanik harakatining o‘ziga xos
hususiyatlari. Nikohdan o‘tish va undan o‘chish ko‘rsatkichlari. O‘rtacha umr ko‘rish
ko‘rsatkichi va kelajakdagi aholi sonini hisoblash usullari. Aholi haqidagi statistic ma’lumot
manbalari.