часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1363
nuqtai nazardan yanada kengroq va sinchiklab o’rganish imkonini beradigan turli jihatlari
va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o’rganib chiqilgan. So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish
o’qituvchidan fikrlarni, Filologikqobilyat texnikasini, ijodkorlikni talab qiladi. Demak,
kompetentlik – olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir.
Namunalarga o’xshash harakatlarni ko’zda tutadigan “bilim, ko’nikma va malakalardan
farqli o’laroq, nutqiy kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat
tajribasini nazarda tutadi. Nutqiy kompetentlik – talabalarga filologik bilimlarni
amaliyotda qo’llay olishda samarali natija beradi. Qo’llash sohalari ularning maxsusligi va
aniqligini belgilaydi (ingiliz, franso’z, nemis tillar bo’yicha). Pedagog-psixolog
N.G.Vitkovskayaning ta’riflashicha, kompetentlik? qo’yilgan muammolarni hal etishga
qaratilgan insonning ichki (bilim, ko’nikma va malakalari, ma’naviy sifatlari, psixologik
xususiyatlari) va tashqi (moddiy-texnik, ijtimoiy) imkoniyatlarin safarbar qila olishga
qodirligidir.
Psixologik nuqtai nazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik muayyan
insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi bo’yicha insonning
individual xarakteristikasi demakdir kasbiy pedagog N.A.Muslimov o’zining tadqiqot
ishlarida o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifatlar, ya’ni
motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib boruvchi
tanlagan kasbiga bo’lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi), intellektual
salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida o’qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzatishga,
bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi), irodaviy sifatlar (maqsadga
intiluvchanlik, ichki va tashqi to’siqlarni, jismoniy va aqliy zo’riqishlarni yenga olishlik, o’zini
tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari), amaliy ko’nikmalar (psixologik, pedagogik,
metodik va texnik-texnologik qobiliyatlar, jamallar, talabaning faoliyat va muloqotining
turli sohalaridagi ko’nikmalari), hissiy sifatlar (o’z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy
malakalari shakllantirishi, o’zining aniq hislari (qahr, g’azab, bezovtalik, arazlash, hasad,
hamdardlik, uyalish, mag’rurlik, qo’rqish, ko’ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni
boshqarishi hamda o’z hissiyholatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishi)
hamda o’z–o’zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlashdagi
erkinlik, vijdonlilik, o’z faoliyatiga tanqidiy yondoshuv, harakatlarning keng qamrovliligi va
anglanganligi, o’z xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o’z
jismoniy va psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari
tashkil etishini ta’kidlab o’tadi. Demak, bir qator tadqiqotlarda bevosita tilshunoslarga xos
kasbiy kompetentlik va uning o’ziga xos jihatlari o’rganilgan.
Demak, ijodkor, kasbiy pedagog o‘z kasbining yetuk ustasi – ustoz pedagog, ma’lum
filologik mahoratga ega shaxs hisoblanadi. Bo’lajak pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z
faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravishda o‘z bilim va kompetentligini
oshirib, zamonaviy filologik va ilg‘or oliy filologik tajribalarni, metod va usullarni muntazam
o‘rganib, kasbiy-filologik ijodkorligini rivojlantirib boradi.