O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


-bob. INSTITUTLAR VA ULARNING JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

2-bob. INSTITUTLAR VA ULARNING JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI
ROLI
2.1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
2.2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
2.3. Institutsional matritsa
2.4. Institutsional o`zgarishlar va institutlarning o`zaro bog`liqligi.
2.1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
Institutlar jamiyat hayotida muhim o`rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha
institutlar yo`q bo`lib ketganligini tasavvur qiladigan bo`lsak, u holda tartibsizlik
boshlanib ketib, bu o`z navbatida abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning
o`z hayotini tartibga keltirishga urinishlari yangi institutlarning paydo bo`lishiga
olib kelgan bo`lar edi.
Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega
bo`lgan qator savollarga, xususan, nima uchun bozorlar “ishlaydi” yoki
“ishlamaydi”? Iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki
samarasiz bo`ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o`zgarishlar ichki sabablarga ko`ra yohud
hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan savolga javob berish
imkonini beradi.
Institutlar o`zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va
ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta’riflarni
asoslashgan. Institutlarni T.Veblen [32] quyidagicha ta’riflagan: “
Institutlar
– bu
insonlar ularga amal qilgan holda turmush kechiradigan odatiy tafakkur tarzi” yoki

Institutlar
– bu o`tmishda sodir bo`lgan jarayonlar natijasi bo`lib, ular o`tmish


17
sharoitlariga moslashgan va, o`z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to`liq
moslashmagan”.
Ye.Erdvard tomonidan [60] “
Institutlar
– bu ko`plab individuumlar ulardan
hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o`zining noyobligi bilan
tavsiflanadigan ijtimoiy ne’matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi.
Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy
qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi”, deya ta’riflangan.
J.Xodjsonning ta’riflashicha [55], “

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin