O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Institutlar
– an’ana, urf-odat yoki
qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining
yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot”.
Institutlarni ko`z bilan ko`rib, ularni jismonan his etib yoki o`lchab
bo`lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o`ziga xos konstruksiyalar, ko`zga
ko`rinmaydigan mexanizmlardir. Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos
bo`lgan tafakkur tarzini aks ettiradi.
Institutlarning yana boshqa bir ta’rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort [46]
yozgan so`zboshishida keltirilgan: “
institutlar
– bu insonlar tomonidan ishlab
chiqilgan cheklovlar hamda ularning o`zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi
majburlash omillari. Bularning barchasi birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning
undovchi tarkibini hosil qiladi”.
Yuqorida keltirilgan ta’riflar institutlarning asosiy xususiyatlarini qamrab
olgan holda, ularning asosiy funksiyalarini hamda rivojlanish qonunlarini aks
ettiradi hamda jamiyatni rivojlantirish uchun institutlarning muhimligini
ta’kidlaydi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha holatlarni umumlashtirgan holda,
institutsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan institutlarni quyidagicha
ta’riflash mumkin:
Institut
– bu jamiyat a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab
beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning
tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
Norma
– institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga
oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash
funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini
talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga
tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli
vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi
uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:
w
individlarning guruhlanish belgilari;
w
muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);
w
maqsad;
w
norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;
w
sanksiyalar.
Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini cheklash imkonini
beradi, ya’ni g`amkorlik strategiyasini, xususan, normaning o`zini (tor ma’noda)
va qoidalarni. Norma xillari quyidagilarga bo`linadi:
Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit;


18
Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit;
Qoida q belgi Qmuqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanksiya.
Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo`qotgan odamlarni qidirish hamkorlik
strategiyasiga misol bo`ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi – bir-birini
yo`qotganlik fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish ehtimoli
yaqin bo`lgan ko`zga tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo`ladi.
Torroq ma’noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv
ko`rsatmasini bajarish o`ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o`tishda
ko`rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo`qoladi, ya’ni bunda sanksiya
ishga tushadi.
Normaning inson xatti-harakatiga ta’siri haqidagi munozara sotsiologiya va
iqtisodiy nazariya o`rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo`lgan qarama-qarshilik
bilan bog`liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan
berilgan va
ekzogen
xususiyatga ega bo`lgan mutlaq naimjasini ko`radilar. Homo
sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan
aniqlanadi. Normalarning o`zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko`ra, jamiyat
xususiyatlaridan hosil bo`lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko`zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning
bunday talqin etilishiga qo`shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno
etadi. Homo economicus o`z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan
qo`yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional
cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo`lishini umuman inkor etadi. Yoki
normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog`i, ularda tashqaridan berilgan xatti-
harakat natijasini emas, balki
anglab yetilgan tanlov natijasini
ko`rishga intiladi.
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash
natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-
harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov
natijasini aks ettiruvchi va
huquqda
qayd etiladigan yuridik normani o`rganadi.
Yuridik normalarni izohlash uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan
foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu
huddi insonlar bozorda faqat o`z afzal bilishlariga amal qilgan holda tovarni xarid
qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni o`z qadr-
qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon
hisoblanadi. Boshqa so`z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida
shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik natijasida paydo bo`ladi. Bundan normalarni
baholashning navbatdagi mezoni – ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar
faqat ular o`ziga xos qadr-qimmatga asoslanganda samarali bo`lib, yakka
manfaatlarni o`zaro foydali tarzda amalga oshirishga ko`maklashadi [47].
Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo`lgan oqilona tanlov modeli yordamida
normalarni talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal
qilishda (bunda normalar tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga
qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini ko`rishni taklif etadi. Bunday bir
qarashda o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan oqilona tanlash natijasi


19
hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi.
Ammo bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o`ziga
xoslikni izohlash imkonini beradi.
Kelishuvlar iqtisodi normani bozorda ishtirokchilar tomonidan istaklar va
afzalliklarning o`zaro talqin etilishi uchun zamin sifatida ko`rib chiqishni taklif
etadi (2.1-jadval). Shu nuqtai nazardan normaga amal qilish shaxs uchun o`z
maqsadlari (signaling) haqidagi xabarlarni kontragentgacha yetkazish usuliga
aylanadi. Shaxslar o`z xatti-harakatiga nisbatan bir-birini istisno etuvchi talablarni
muvofiqlashtirishga va o`z tomonlarining harakatlariga nisbatan ishonchli fikrlarni
bildirishga qodir bo`lmay qoladi. Ko`rib chiqilayotgan yondashuv doirasida
kelishuvlar nisbatining quyidagi variantlari tahlil qilinadi.
1.
Ekspansiya
– unda o`zaro hamkorlikni tashkil qilish ilgari boshqa
kelishuvlar ustuvorlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari asosida
amalga oshadigan kelishuvlar nisbati. Masalan, siyosiy soha siyosiy bozorga
aylanishi mumkin, bunda fuqarolik kelishuvining normalari bozor kelishuvi
normalari tomonidan siqib chiqariladi.
Bozor kelishuvining ekspansiyasi o`ta xavfli, u boylikning o`ta nomutanosib
taqsimlanishiga va undan siyosiy hokimiyat omili sifatida foydalanishga olib
kelgan holda jamiyat rivojlanishini barqarorlikdan mahrum etadi.
2.
Urinish
– unda bir o`zaro hamkorlikning o`zi bir-birini istisno etuvchi
normalar asosida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan kelishuvlar nisbati. Shu
nuqtai nazardan birinchi bo`lib K.Errou tomonidan tadqiq etilgan qon topshirish
bunga aynan mos misol bo`ladi. Gap shundaki, qon odatda pulga (bozor kelishuvi)
yoki birdamlik nuqtai nazardan bepul (fuqarolik kelishuvi) topshiriladi. Ushbu
noo`xshatishlik shaxslarning qon topshirish yuzasidan o`zaro hamkorligida
noaniqlikning yuqori darajasini belgilab beradi.
3.
Murosa
– unda turli kelishuvlar talablari o`rtasidagi ziddiyatga barham
beruvchi egiluvchan normalar namoyon bo`ladigan kelishuvlar nisbati. Masalan,
har qanday reklama kampaniyasi bozor kelishuvi va ijtimoiy fikr talablari
o`rtasidagi murosani topishni nazarda tutadi. Ushbu ikki kelishuv o`rtasidagi
murosaga boshqa misol – ko`r-ko`rona iste’mol, bunda shaxs o`z iste’mol
tanlovida tovar yoki xizmatni iste’mol qilishdan foydalilikni oshirishni emas, balki
u iste’mol qilish tufayli qo`lga kiritadigan hurmatga erishishni ko`zlaydi.


20

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin