O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

2.2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
Institutsionalizmning asoschilaridan biri D.Nort [46] institutlar tarkibida
ularni uchta asosiy qismga ajratadi:
- rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma’muriy
hujjatlar va b.);
- norasmiy normalar (an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik);
- qoidalarga amal qilinishini ta’minlovchi (sudlar, politsiya va h.k.)
majburlash mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi).
“Institut”ning yuqorida keltirilgan ta’rifi (2.1)dan kelib chiqib, institutlar
inson tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar
va h.k.) ko`rinishidagi rasmiy, “yozilgan” qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu
bilan birga ular umumiy qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, ya’ni
norasmiy, “yozilmagan” normalarda namoyon bo`ladigan, jamiyatning barcha
sohalariga kirib borib, an’analar, urf-odatlar ko`rinishida yoki boshqa shaklda amal
qilinadigan inson ongining mahsulini o`zida namoyon etishi mumkin.
Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi
faoliyatini o`zida aks ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda
shakllanadi, degan savol tug`iladi.
T.Veblen [32]ning konsepsiyasiga ko`ra, institutlarning o`zgarishi tabiiy
tanlab olish qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti,
huddi boshqa turdagi hayot kabi – bu yashash uchun kurashish va, o`z navbatida,
tanlab olish va moslashish. Uning fikriga ko`ra, ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi
ijtimoiy institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo`ldi. Institutlar – inson jamiyati
va inson tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda erishilgan
taraqqiyotni umumiy ko`rinishda eng ko`p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy
ravishda tanlash va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o`zgarib turadigan
yangi sharoitlarga majburiy moslashtirish jarayoni, deyish mumkin. Shunday qilib,
T.Veblenning talqinida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (“ijtimoiy tuzum
evolyutsiyasi”) turli xildagi institutlarni “tabiiy tanlash” jarayonini amalga oshirish
sifatida namoyon bo`ladi.
T.Veblenning nuqtai nazari F.Xayek
5
ning nuqtai nazariga ham yaqin.
Xayekning fikriga ko`ra, jamiyatda qaror topgan ahloq qoidalari va normalarini
tanlashni biologik tanlovga qiyoslash mumkin. Uning hisoblashicha, rasmiy
qoidalar bilan bir qatorda (an’analar va urf-odatlar ko`rinishida) norasmiy
normalarning mavjud bo`lishi shu bilan shartlanganki, “tanlab olish jarayonida,
shakllangan urf-odatlar va ahloqda haqiqiy holatlar soni hisobga olinishi mumkin –
individlar qabul qilishi mumkin bo`lgan narsalardan ko`proq; buning oqibatida,
an’ana ma’lum jihatlarda inson ongidan ustun turadi”. Jamiyat qanchalik ko`p
xilma-xillikka yo`l qo`ysa, ijtimoiy maqsadga muvofiq institutlarni tanlab olish
shunchalik samarali kechadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shu narsa kelib chiqadiki, agar rasmiy
qoidalar sun’iy tarzda o`ylab topilishi va majburan joriy etilishi mumkin bo`lsa,
5
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. -133 б.


21
F.Xayekning ta’kidlashicha, norasmiy normalar “qandaydir o`tmishdagi voqealar
bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning
ongsiz tarzda o`zini o`zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida
shakllanadi”
6
. Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o`zini o`zi
qo`llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o`z o`zidan
bajariladigan qoidalardir. Ta’kidlash lozimki, “evolyutsiya” atamasidan
foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o`zgarishlarga
nisbatan hamma vaqt ham qo`llanilmaydi. Chunki eng “yaxshi” institut hamma
vaqt ham yashovchan bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan
ikkinchi holatga doimiy ravishda o`tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta’siri
ostida kechmaydi. Ba’zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy
turdan rasmiy institutlarga aylanadi, boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi
avvalgi ahamiyatini yo`qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy
ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.
Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, ko`p holatlarda norasmiy normalar
jamiyatda “tartibni” ta’minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g`oyat katta rol
o`ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi:
1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar
mavjud bo`lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni
kuzatish mumkin. Xo`jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo`lishi davrida
urug`doshlik va ular a’zolari o`rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal)
guruhlar o`rtasidagi munosabatlar, O`zbekistonda mahallada yashovchi aholi
orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo`lib xizmat qiladi.
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko`p sub’ekt mavjud bo`lib, ular
o`rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug`iladi. Bunda
sub’ektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo`lishi ham, bir-biridan yaqqol
farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi
munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo`lib xizmat qiladi. Oila
doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar
bo`lmagan a’zolari o`rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki
boshqa hujjat ko`rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda
mustahkamlandi.
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin
paydo bo`lib, ko`p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar
uchun asos bo`lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida
mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko`plab misollarni uchratish
mumkin.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin