O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

3.2. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari
3.3. Bozor konstitutsiyasi normalari
3.4. Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash
3.5. Mulkchilik huquqlarini tavsiflash
3.1. Iqtisodiyot konstitutsiyalarining shakllanishi
Normalar individlarning o`zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining
asosiy kafolati hisoblanadi. Individ kontragent harakatlarini tushunish va o`z
harakatini ular bilan muvofiqlashtirish uchun u yoki bu normani tanlash barobarida
umuman tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa,
uni normaga qaytaruvchi tartibga solish mexanizmining mavjudligi normalar
tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro va mikrodarajalar
o`rtasidagi asosiy bog`lovchi bo`g`inga aylanadi.
Individlarning iqtisodiy faoliyat ko`rsatishini ta’minlovchi normalar tizimi
iqtisodiyot konstitutsiyasi deyiladi. Iqtisodiyot konstitutsiyasi buyruqbozlik va
bozor tizimlarida o`zaro zid normalarga amal qiladi. Masalan, bozor tizimi faqat
individlar o`zlarining kundalik iqtisodiy faoliyatida u asoslanadigan normalardan
foydalangan darajaga qarab barqaror va takror ishlab chiqarishga qodir bo`ladi.
O`zining shaxsiy manfaatlarini ko`zlovchi individlar o`rtasidagi bitimlardan
makroiqtisodiy darajaga o`tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga
oshiriladi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni
resurslarning yetishmasligini o`zida namoyon etadi. Taqchillikning ma’lum
darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi
tizimda
normal taqchillik
holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik
iqtisodiyoti uchun xos bo`lgan navbatning normal uzunligi, resurslar va tayyor
mahsulotlarning normal zahiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha aytganda,
nafaqat Valras bo`yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati
bilan cheklaniladi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi
mumkinligi namoyon bo`ladi.
Umuman olganda, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo`llaniladigan
normalarning tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko`rish mumkin.


29

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin