27
raqobatdoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi
darkor.
qishloq xo‘jaligini 6 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan investsiyalar hajmini 11
foizga, xizmat ko‘rsatish sohasini qariyb 16 foizga oshirish va yalpi ichki
mahsulotda uning ulushi 53 foizgacha o‘sishini ta’minlash maqsadi
qo`yilmoqda”
*
Xulosa
Institutlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida muhim rol o`ynab
kelgan. Ular jamiyatda qarorlar qabul qilish, insonlar va iqtisodiyot
ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi normalardan tarkib topgan
rasmiy va norasmiy qoidalar hisoblanadi. rasmiy
qoidalar mamlakat
konstitutsiyasida, qonunlarda, ma’muriy va boshqa hujjatlarda o`z aksini topadi.
Norasmiy normalar esa urf-odat, an’analar va shu kabi boshqa hayot tarzi orqali
yuzaga kelgan qoidalarda ifodalanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini
tashkil etuvchi
rasmiy va norasmiy qoidalar ham o`zgarib boradi, takomillashadi. Bunday
o`zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlar belgilab beradi.
Institutlar o`zaro muvofiqlashtirilgan tarzda ishlashi, davlat tizimi
faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi. Institutlar
faoliyati aksariyat
hollarda normalarga bog`liqdir. Norma tushunchasi tartibni saqlash funksiyasiga
ega bo`lib, u o`zaro hamkorliklik tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab
etadi. Normalar hamkorlik strategiyasi, qoida, xususan, normaning o`zi kabi
shakllarga ega. Ratsionallikning to`liq, to`liqsiz, tartibotli, asoslangan,
harakat
normasi kabi shakllari mavjud. Ijtimoiy tanlash nazariyasida normalarga oqilona
tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-
harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: