O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

8.3. «Ekspluatatorlik» davlati
Shartnomaviy davlatdan farqli o`laroq ekspluatatorlik davlati o`z daromadini
(soliq tushumlarini), aniqrog`i, - davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning
daromadini oshirish uchun majbur qilish monopoliyasidan foydalanadi.
Ekspluatatorlik davlatining mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishdagi
asosiy maqsadi «mulkning boshqaruvchi rentasini oshiruvchi tarkibiga»
erishishdan iborat, hatto agar bunga umuman jamiyat farovonligiga ziyon yetkazib
erishilsada. (Masalan, qirollar o`rta asrlar korporatsiyalariga hunarmandchilikning
rivojlanishi va texnika taraqqiyotiga to`sqinlik qiluvchi ko`plab huquqlarni
topshirib, buning o`rniga barqaror tushumlar manbasiga erishgan.) Bundan
tashqari, davlat unga ijtimoiy shartnoma bilan berilgan doiralar bilan
chegaralanmaydi, davlat apparati insonlar o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning yangi
sohalariga doimiy ekspansiyani amalga oshiradi, bu hol ekspluatatorlik davlatining
o`z daromadlarini va davlat byudjeti orqali o`tuvchi resurslar hajmini oshirishga
intilishi bilan izohlanadi.
Ekspluatatorlik davlati faoliyatidan ko`riladigan zararni faqat og`ir soliqlar
(nohaq yig`imlar) va mulkchilik huquqlarini taqsimlash
muntazam
va
 oldindan
aytib bo`ladigan
xususiyatga ega bo`lgan taqdirda qisqartirish mumkin. Og`ir
soliqlarning oldindan aytib berilishi davlatning ham, uning fuqarolarining ham
manfaatlariga xizmat qiladi, bunda davlat uzoq muddatli istiqbolda barqaror
daromadga ega bo`ladi, fuqarolar esa o`z faoliyatini davlatga ajratmalarning
yuqori, lekin oldindan ma’lum bo`lgan darajasini hisobga olgan holda rejalashtirish
imkoniyatiga ega bo`ladi. Shu nuqtai nazardan ekspluatatorlik davlati ko`p jihatdan
mafiya bilan umumiylikka ega – ularning ikkalasi ham o`zi nazorat qiladigan
hududa yashovchilardan soliq yig`sada, lekin ayni paytda «chegarani biladigan» va
buning ustiga ularni «o`g`irlash va qochish» tamoyili bo`yicha harakat qiluvchi
«qo`nimsizlar»dan himoyalovchi «o`troq» banditga o`xshaydi.
Ekspluatatorlik davlatining faoliyat ko`rsatishida majbur qilish
salohiyatining fuqarolar o`rtasida taqsimlanishi muhim rol o`ynaydi. Chunki aynan
shaxs yoki kuch ishlatining katta imkoniyatiga ega bo`lgan guruh davlat apparatini
nazorat qiladi va kuch ishlatishni qo`llash monopoliyasini qo`lga kiritadi. Aynan
shuning uchun harbiy texnologiyaning rivojlanishi ekspluatatorlik davlati
faoliyatining asosiy omillaridan biriga aylanadi. Bu esa, o`z navbatida, uning ichki
beqarorligini nazarda tutadi. Haqiqatdan ham, harbiy texnologiyaning o`zgarishi
kuch ishlatish salohiyatining turli aholi guruhlari o`rtasida qayta taqsimlanishiga,
demak, davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning almashishiga olib keladi.
Davlatning ekspluatatorlik modelidan shartnomaviy modelga o`tish ham mumkin.


120
Bundan davlat qurilishi dinamikasining, demak, mulkchilik huquqlari tarkibi
dinamikasining tebrantirib turuvchi xususiyati haqidagi faraziya kelib chiqadi.
Rentani undirishga yo`naltirilgan tizimdan keyin samaradorlikni oshiruvchi tizim
kelishi muqarrar va aksincha.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin