Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Xodimlarning attestatsiyasi

xodimni bilimi, malakasi va qobiliyati bo’yicha; 

xodimni kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlashda

xodimni o’qishga va boshqa ehtiyojlar aniqlashda; 

xodimlarning joriy holati attestatsiyasi. 
Xodimlarni o’qitish tizimi:

Xodimlarning ko’p darajali o’qitish tizimi

ish joyi talablari, malakasi va kategoriya bo’yicha talablar, texnik va 
qo’shimcha talablar kelib chiqqan xolda o’qitish; 

raqobat ta’siri, mijozlar, hamkorlar talablari kelib chiqqan xolda o’qitish; 

xodimlar professional tayyorgarligi va malaka oshirishga bo’lgan talablar. 


219 
Xodimlarni o’qitishga va malakasini oshirishga bo’lgan tashkilot imkoniyatlari. 

Professional tayyorlovi

Malakani oshirish. 
 
Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar: 
1.
Investitsiya loyihasi komandasini boshqarishning zarurligi nimada? 
2.
Investitsiya loyihasi komandasini boshqarishni joriy qilishning ahamiyatini 
tushuntirib bering. 
3.
Investitsiya loyihasi komandasi faoliyatini nazorat nima uchun zarur? 
4.
Investitsiya loyihasi komandasi xodimlarini boshqarishning asosiy vazifalari 
nimalardan iborat?
5.
Investitsiya loyihasi komandasida personalning ahamiyati nimada? 
6.
Investitsiya loyihasi komandasini boshqarish tizimi nimalarni o’z ichiga 
oladi? 
7.
Loyihada kadrlar siyosati nimalarga qaratiladi? 


220 
12-BOB. LOYIHANI YAKUNLASH 
12.1. Loyihani ishga tushirishga tayyorlash. Uskunalarni
ishga tushirish, 
dastlabki sinovdan o’tkazish va uning ish sifatini nazorat qilish 
Loyihani ishga tushirish ishlariga texnologiyalarni individual sinovdan 
o’tkazish va kompleks tekshirishga tayyorlash hamda ularni amalga oshirish 
jarayonida bajariladigan chora-tadbirlarni keltirish mumkin. Bunda texnologiya 
sifatida barcha texnologik tizim, ya’ni: loyihada ko’zda tutilgan mahsulotning 
birinchi partiyasini ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatishni ta’minlovchi 
texnologiyalarning barcha turlari kompleksi, truba o’tkazgichlari, bino-inshootlar va 
qurilmalar ko’zda tutiladi. 
Individual sinov davri o’z ichiga kompleks sinovdan o’tkazish uchun ishchi 
komissiyasi tomonidan qabul qilib olishga mashina, qurilma, agregat va 
inshootlarning alohida qismlarini tayyorlash maqsadida montaj va ishga tushirish 
ishlarini olib borishni qamrab oladi. 
Individual sinovlar amalga oshirilishiga qadar elektrotexnik qurilmalar, 
avtomatlashtirilgan va tizimli boshqarish, sanitar-texnik va yuqori quvvatli uskunalar 
bo’yicha ishga tushirish-qabul qilish ishlari bajariladi. 
Ishga qabul qilish ishlari tugallangan qurilish ob’ektlarini ekspluatatsiyaga 
qabul qilishni bajarish hajmi va shartlari tarmoq qoida va me’yorlari bilan 
belgilanadi. 
Ekspluatatsiyali sinashni o’tkazishdan maqsad – aniq ma’lumotlarni 
ifodalovchi natijaviy daraja qilingan ishlarni loyiha bo’yicha olish hisoblanadi. 
Ekspluatatsiyali sinashni o’tkazish jarayonida texnologiyalarning to’g’ri yoki 
noto’g’ri tanlanganligi, jihozlar ishlash to’g’risida tavsiyanoma yoki yo’riqnoma 
beriladi. 
Ekspluatatsiyali sinash o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
- Haqiqiy va rejalashtirilgan ko’rsatkichlarni yo’llarini oshirilishi yoki 
farqlanishi; 


221 
- Ekspluatatsiyali sinash loyiha to’g’risida tavsiya bilan rejalashtirilgan 
ko’rsatkichlarni qiyoslash; 
- Farqlanish sabablarini aniqlash; 
- Yarim tayyor farqlanish aniqlanganda tadbir o’tkazish; 
-Yarim tayyorni to’liq tayyorlash ishlarini tashkil etish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin