Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs  tomonidan ikkinchi shaxsga etkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs 
tomonidan ikkinchi shaxsga etkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli.
 
Zararsizlik nuqtasi 
– mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan 
mahsulot tannarxiga teng bo’lgandagi grafik nuqtani anglatadi. Bunda eng asosiy 
maqsad xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish xajmini aniqlashdan 
iborat. Xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi maxsus nuqtani 
tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Bunda 
korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko’rmaydi, ya’ni mahsulot sotishdan tushgan 
tushum mahsulotning to’liq tannarxiga (xarajatlarga) barobardir. «Zararsizlik 
nuqtasi»dagi sotishdan tushgan tushum o’zini zararsiz sotish qiymati sifatida namoyon 
etadi, mahsulot birligi bu holatda zararsiz sotish bahosi hisoblanadi.
 
Ijara shartnomasi
– fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko’ra, ijaraga 
beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va 
foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ijara haqi
– ijara sharoitida taqdim etilgan mulk uchun to’lovning turi. Asosiy 
fondlarning alohida ob’ektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun 
amal qilish davomida teng hissalarda mahsulot tannarxiga kiritiladi. 
Ijtimoiy investitsiyalar
inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish 
tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini 
rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar. 
Import
(ingl. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida 
sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o’tkazib yuborish uchun chet 
el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog’ozlar va boshqalarni 
keltirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin