Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Davlat tashqi qarzi
– davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida 
vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi. 
Devalvatsiya
(de va lot. valeo – qiymat) – milliy pul birligi kursining xorij 
valyutalariga nisbatan pasaytirilishi.
Depozit
(lot. depositum – omonat, asrab qo’yilgan) – bankka qo’yilgan 
omonatlar. Bunday depozitlarning muddatli va talab qilib olinadigan turlari bor.
Diversifikatsiya
– (lot. diversificatio – o’zgarish, xilma-xil taraqqiyot) – 
korxonalarning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining 
kengayishi, yangilanib turishi. Disversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori 
samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa 
maqsadlarda amalga oshiriladi. 
Dividend
– (lot. dividendum – taqsimlanadigan narsa) – aktsiyadorlar jamiyati 
foydasidan aktsiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. 
Dividendning miqdori aktsiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aktsiyalar soni va 
qiymatiga bog’liq. 


264 
Diskont
(ingl. discount – chegirma, lot. computare – hisobga olmoq) – 
qimmatli qog’ozning fond birjasida ayni paytda sotilayotgan narxi bilan nominali 
yoki uni qaytarib sotib olishdagi narxi o’rtasidagi farq.
Dotatsiya
– davlat byudjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul 
mablag’lari, zararlarni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat 
nafaqalari.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki
Markaziy va Sharqiy Evropa 
mamlakatlari, shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlantirishga yordam ko’rsatuvchi xalqaro bank. 1990 yilda 42 a’zo hukumat 
mamlakatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablag’ bilan tashkil etilgan. 1991 yildan 
faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda joylashgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin