Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Byudjetdan moliyalash 
– davlat byudjetdan davlat buyurtmalarini amalga 
oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash (ta’minlash) bilan 
bog’liq xarajatlarga pul mablag’lari ajratish.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar
– davlatning davlat byudjetiga 
kiritmaydigan va aniq maqsadlarga mo’ljallangan pul mablag’lari. 
Byudjet dotatsiyasi
– o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa 


261 
mablag’lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari 
o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik 
sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari. 
Byudjet subventsiyasi
– qonun hujjatlarida nazarta tutilgan tartibda muayyan 
maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik 
sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari. 
Byudjet defitsiti
– muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjet profitsiti
– muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet 
xarajatlaridan ortiq bo’lgan summasi. 
Byudjet ssudasi
– yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika 
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan 
ajratiladigan mablag’.
Bojxona bojlari
- ma’lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish, 
undan chiqarish va olib o’tishda undiriladigan iste’mol soliqlaridan biri. Ularning 
asosiy maqsadi daromad olish bo’lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va 
qishloq xo’jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining 
instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi 
bilan ichki bozordagi xuddi shunga o’xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi 
lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus 
me’zonlar (masalan, og’irlik, maydon) ham qo’llanilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin