261
mablag’lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari
o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik
sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet subventsiyasi
– qonun hujjatlarida nazarta tutilgan tartibda muayyan
maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik
sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet defitsiti
– muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet
daromadlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjet profitsiti
– muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet
xarajatlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjet ssudasi
– yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan
ajratiladigan mablag’.
Bojxona bojlari
- ma’lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish,
undan chiqarish va olib o’tishda undiriladigan iste’mol soliqlaridan biri. Ularning
asosiy maqsadi daromad olish bo’lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va
qishloq xo’jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining
instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi
bilan ichki bozordagi xuddi shunga o’xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi
lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus
me’zonlar (masalan, og’irlik, maydon) ham qo’llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: