Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Asosiy materiallar
– tayyorlanadigan mahsulot tarkibiga kiradigan va uning 


258 
asosini tashkil etadigan materiallar. 
Asosiy fondlar
– ishlab chiqarishga uzoq muddat xizmat qiladigan, o’z natural 
buyum shaklini uzoq vaqt o’zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha 
bor qatnashadigan mehnat qurolari va vositalari. 
Bankdlik 
– aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy 
foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi. 
Bank kapitali
– 1) banklarning muomalaga tushirgan pul kapitallari majmui 
(o’ziniki bo’lgan va jalb etilgan vositalar); 2) banklarning o’z faoliyatlarini amalga 
oshirish uchun mo’ljalangan moliyaviy resurslari bo’lib, u banklar tomonidan turli 
manbalar orqali jalb etilgan pul kapitalidan iborat. Banklarning umumiy kapitali 
xususiy kapital bilan bir qatorda undan bir necha barobar ko’proq bo’lgan jalb etilgan 
kapitalni ham o’z ichiga oladi. 
Bank kafolati
– kafil banklarning mijozlari majburiyatlarini o’z zimmasiga 
olishi. Mijozlar qarzlarini o’z hisobidan va o’z muddatida to’lay olmagan hollarda 
banklar ularning topshirig’iga ko’ra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga 
oladi. Qarz tegishli ta’minot (garov) asosida bank tomonidan to’lanadi. 
Bank krediti
– banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum 
shartlar va tamoyillarga asoslanib, kapital berishi. 
Bank operatsiyalari
– banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki 
boshqa hisobvaraqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja 
topshiriqlarini bajarish, qimmatli qog’ozlar, aktsiyalar sotib olish, mijozlarning 
topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, 
shuningdek, boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha 
operatsiyalar kiradi. Asosan, 
passiv
(kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va 
aktiv
(foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga bo’linadi. 
Bank aktivlari 
– banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi 
turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular, asosan, bank kreditlari, asosiy 
vositalari, sotib olingan qimmatli qog’ozlari, investitsiyalari, valyuta ko’rinishida bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin