Aktsiyador – aktsiyaning egasi, undan naf ko’ruvchi yuridik va jismoniy
shaxs.
Aktsiyadorlik jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga
binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.
Aktsiyadorlik kapitali – aktsiyadorlik jamiyatining kapitali, sherikchilik
asosida tashkil topgan korporativ mulk hisoblanadi.
Aktsiyalarning nazorat paketi – aktsiya egasiga aktsiyadorlik jamiyatida
amaldagi hukmronlikni ta’minlaydigan aktsiyalar miqdori; chiqarilgan aktsiyalarning
umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aktsiyador
jamiyatning yig’ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish huquqini beradi.
Amortizatsiya'>Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash) – asosiy kapital (fondlar)
amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar,
inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining
muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o’tib borishi.
Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mirlash va
yangilash) va to’liq tiklash fondlarini yaratishga xizmat qiladi.
Amortizatsiya fondi – 1) amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan
maxsus fond; 2) mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya
ajratmalari hisobidan korxonada shakllantiriladigan pul mablag’lari fondi.
Annuitet – (frants. annuite – yillik badal) – 1) kreditorlarga qarzni uzish hisobiga
foizi bilan birga har yili to’lanadigan pul; 2) mijozga shartnomada ko’rsatilgan muayyan
muddatlarda muntazam pul summasi keltiradigan investitsiyalar; 3) muddatli davlat qarzi,
qarzlarning muayyan qismi har yili foizi to’langan holda uzib boriladi.
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob-
uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o’z ichiga oluvchi, iqtisodiy
jihatdan o’z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda
o’tkazib boruvchi qismi.