268
hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan engillik, imtiyoz
(soliq to’lovining kechiktirilishi).
Imtiyoz
– ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to’liq) ozod
etish, ma’lum bir qulayliklarga ega bo’lish.
Injiniring
(ingl. Injineering – ixtirochilik) – muhandislik-maslahat xizmatlari –
tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash,
mahsulot sotishni uyushtirish va boshqalar yuzasidan masalahat berish.
Innovatsiya
(ingl. innovations –
kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va
texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun
iqtisodiyotga sarflangan
mablag’lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan texnika,
texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish
kabi sohalardagi yangiliklar,
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo’llanilishi.
Innovatsiya investitsiyalari
– texnika va texnologiyalarning
yangi avlodini
ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar.
Dostları ilə paylaş: