Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
Investitsiya muhiti 

 
1) investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar 
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui; 
2) xorijiy investitsiyalarning risklilik darajasini va ulardan mamlakatda samarali 
foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va 
ijtimoiy omillar yig’indisi. 
Investitsion kreditlar 

 
ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik 
jihatdan yangilash, modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish, yangi bino va 
inshootlarni qurish uchun zarur bo’lgan vositalarni sotib olish maqsadida beriladigan 
uzoq muddatli kreditlar. 
Investitsiya faoliyati 
– 1) iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga 


267 
resurslarning kapitallashuvini ta’minlash va foyda (daromad) olish maqsadida 
investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni turli shakllarda qo’yish bilan bog’liq 
bo’lgan barcha amaliy harakatlari yig’indisi; 2) investitsiya faoliyati sub’ektlarining 
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui. 
Investitsiyaviy faollik 
– turli iqtisodiy sub’ektlarning daromad olish 
maqsadida milliy yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga 
intilishi. 
Investitsiya me’yori 
– investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotga 
bo’lgan nisbati.
 
Investor
– o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, 
mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek, intellektual mulkka doir 
huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi 
investitsiya faoliyati sub’ekti. 
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari
– 1) buyurtmachilar, pudratchilar, 
etkazib beruvchilar, banklar, sug’urta kompaniyalari, loyihalovchilar, vositachilar, 
ilmiy-maslahat firmalari, o’z mamlakatidagi qonunchilikka ko’ra investitsiyaviy 
mulk egalari (tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha 
oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin; 2) investorning buyurtmalarini 
bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati 
sub’ektlari; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin