266
mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga,
innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo’yish).
Pulning vaqtga bog’liq qiymati nazariyasiga ko’ra, investitsiya kelajakda naf olish
maqsadida mablag’lar qo’yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga
bog’lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini
saqlab qolish yoki kapital qiymatini vaqt mobaynida o’stirib borishdir. Iqtisodiy
mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy
boyliklar va ularga bo’lgan huquqlarni aks ettiradi.
Investitsiya siyosati
–
investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni
yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal
qilish maqsadida iqtisodiy sub’ektlar uchun qulay xo’jalik yuritish sharoitlarini
yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui.
Investitsiya dasturi
– respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va
mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini
amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar
majmui. O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish istiqbolining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya
siyosatining ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: