Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Bankning aktiv operatsiyalari 
– bank resurslarini joylashtirish bo’yicha 
operatsiyalar: mijozlarga uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar berish, shu 


259 
jumladan, veksellarni hisobga olish, ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlarni garovga 
olish yo’li bilan, bank resurslarini davlat obligatsiya zayomlarini va korxona 
aktsiyalarini sotib olish yo’li bilan investitsiyaga qo’yish. 
Bankning passiv operatsiyalari 
– resurslarni bank schetiga tushirish: 
jamg’armalarni qamrab olish, qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish, 
Markaziy bank pul emissiyasi, banklarning xususiy jamg’armalarining tashkil etilishi 
va h.k. 
Bank ssudasi
– bankning foiz to’lovi sharti bilan kreditga berilgan pul 
mablag’i. Qisqa va uzoq muddatli turlarga bo’linadi.
Bank foiz stavkasi
– bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq 
miqdori. Qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kreditning 
turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq.
Bank depozitlari
– jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga 
ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo’yilgan bo’sh pul mablag’lari. 
Bank tizimining likvidligi
– banklarning o’z majburiyatlarini o’z vaqtida va 
to’liq hajmda bajara olish imkoniyati.
Banklar likvidligi
– banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish 
qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o’sishini moliyalash bilan 
birgalikda depozitlar va qarz mablag’lari darajasining pasayishini samarali boshqarish. 
Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablari 
– bank tizimining barqaror 
amal qilishi hamda o’z majburiyatlarini bajara olishini ta’minlash uchun o’rnatilgan 
xalqaro me’yorlar majmui bo’lib, u kapitalning etarlilik darajasini, banklarni nazorat 
qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga qo’yilgan talablarni ifodalaydi.
Bankrot
– 1) qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o’z qarz majburiyatlari 
bo’yicha mablag’i bo’lmaganligi uchun to’lashdan bosh tortishi; 2) xo’jalik sudi 
tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar 
talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z 
majburiyatini bajarishga qodir emasligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin