Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


Aktsiyador – aktsiyaning egasi, undan naf ko’ruvchi yuridik va jismoniy  shaxs.  Aktsiyadorlik jamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Aktsiyador
– aktsiyaning egasi, undan naf ko’ruvchi yuridik va jismoniy 
shaxs. 
Aktsiyadorlik jamiyati
– daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga 
binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. 
Aktsiyadorlik kapitali
– aktsiyadorlik jamiyatining kapitali, sherikchilik 
asosida tashkil topgan korporativ mulk hisoblanadi. 
Aktsiyalarning nazorat paketi
– aktsiya egasiga aktsiyadorlik jamiyatida 
amaldagi hukmronlikni ta’minlaydigan aktsiyalar miqdori; chiqarilgan aktsiyalarning 
umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aktsiyador 
jamiyatning yig’ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish huquqini beradi. 
Amortizatsiya'>Amortizatsiya
(lot. amortisatio – qoplash) – asosiy kapital (fondlar) 
amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, 
inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining 
muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o’tib borishi.
Amortizatsiya
ajratmalari 
– mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar 
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mirlash va 
yangilash) va to’liq tiklash fondlarini yaratishga xizmat qiladi. 
Amortizatsiya
fondi 
– 1) amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan 
maxsus fond; 2) mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya 
ajratmalari hisobidan korxonada shakllantiriladigan pul mablag’lari fondi. 
Annuitet 
– (frants. annuite – yillik badal) – 1) kreditorlarga qarzni uzish hisobiga 
foizi bilan birga har yili to’lanadigan pul; 2) mijozga shartnomada ko’rsatilgan muayyan 
muddatlarda muntazam pul summasi keltiradigan investitsiyalar; 3) muddatli davlat qarzi, 
qarzlarning muayyan qismi har yili foizi to’langan holda uzib boriladi. 
Asosiy kapital
– kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob-
uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o’z ichiga oluvchi, iqtisodiy 
jihatdan o’z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda 
o’tkazib boruvchi qismi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin