258
asosini tashkil etadigan materiallar.
Asosiy fondlar
– ishlab chiqarishga uzoq muddat xizmat qiladigan, o’z natural
buyum shaklini uzoq vaqt o’zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha
bor qatnashadigan mehnat qurolari va vositalari.
Bankdlik
– aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy
foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi.
Bank kapitali
– 1) banklarning muomalaga tushirgan pul kapitallari majmui
(o’ziniki bo’lgan va jalb etilgan vositalar); 2) banklarning o’z faoliyatlarini amalga
oshirish uchun mo’ljalangan moliyaviy resurslari bo’lib, u banklar tomonidan turli
manbalar orqali jalb etilgan pul kapitalidan iborat. Banklarning umumiy kapitali
xususiy kapital bilan bir qatorda undan bir necha barobar ko’proq bo’lgan jalb etilgan
kapitalni ham o’z ichiga oladi.
Bank kafolati
– kafil banklarning mijozlari majburiyatlarini o’z zimmasiga
olishi. Mijozlar qarzlarini o’z hisobidan va o’z muddatida to’lay olmagan hollarda
banklar ularning topshirig’iga ko’ra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga
oladi. Qarz tegishli ta’minot (garov) asosida bank tomonidan to’lanadi.
Bank krediti
– banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum
shartlar va tamoyillarga asoslanib, kapital berishi.
Bank operatsiyalari
– banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki
boshqa hisobvaraqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja
topshiriqlarini bajarish, qimmatli qog’ozlar, aktsiyalar sotib olish, mijozlarning
topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish,
shuningdek, boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha
operatsiyalar kiradi. Asosan,
passiv
(kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va
aktiv
(foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga bo’linadi.
Bank aktivlari
– banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi
turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular, asosan, bank kreditlari, asosiy
vositalari, sotib olingan qimmatli qog’ozlari, investitsiyalari, valyuta ko’rinishida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: