Kashfiyot va ixtirolar



Yüklə 4,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/60
tarix28.11.2023
ölçüsü4,64 Mb.
#167376
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Kashfiyot va ixtirolar

Karl Bens 
birinchi «o'ziyurar aravani 
(ekipajni)» yaratdi. U uchta g'ildirakdan iborat bo'lib, eng yuqori tezligi 
16 km/soatgacha bo'lgan.
Kyunyoning bug'da yuradigan avtomobili


1886-yil 29-yanvarda Karl Bens yangi transport vositasiga
patent oldi. Aynan shu sana tarix sahifalarida «avto-
mobilning dunyoga kelgan kuni» deya e ’tirof etiladi.
1886-yilda bizga m a’lum 
bo'lgan m ototsiklning «ota- 
si» Gotlib Daymler ot q o ‘- 
shiladigan 
to 'rt 
g'ildirakli 
oddiy izvosh arava asosi­
da avtom obil yaratdi. Ixti- 
rochi bu aravaga dvigatel 
va rul boshqaruvini o'rnatdi 
va natijada dastlabki to 'rt 
g'ildirakli avtom obil 
dun- 
yoga keldi. Uning maksmal 
To'rt g'ildirakli
tezligi 18 km /soat bo'lib, bu 
Daymler avtomobili
tezlik o'sha zamon uchun
juda katta hisoblangan. Zamonaviy avtom obillarning tuzilishi ay­
nan shu avtom obil asosida yuzaga kelgan.
O'sha davrdanoq birinchi yaratilgan avtom obillar o'rtasida to ­
mosha poygalari tashkil qilingan. Ba’zi maxsus ishlangan avtom o­
billarning tezligi hatto aeroplan tezligiga yaqin kelardi. 1900-yilga 
kelib avtomobillarning tezligi 100 km /soatdan oshib ketdi. Birinchi 
jahon urushi arafasida London va Nyu-York shaharlarida hozirgi za­
mon muammosi bo'lgan yo'llardagi avtomobil tirbandliklari yuzaga 
kela boshladi. XX asr boshlarida am erikalik sanoatchi 
Genri Ford
«Model Т» rusumli narxi nisbatan arzon bo'lgan birinchi avtomobilni 
ishlab chiqardi. Shu kundan boshlab avtomobil badavlat odamlar 
uchun boylik va hashamat emas, o'rtahol odamlarning ham sotib 
olishga imkoni yetadigan harakat vositasiga aylandi.



Yüklə 4,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin