To‘rtinchi
bosqich (2018 yildan bugungi kunga qadar) - xalqaro norma va
standartlar talablari asosida soliq tizimini yanada takomillashtirish
bosqichi bo‘lib, u
soliq
yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini
takomillashtirish, iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy
jozibadorligini yaxshilash bilan xarakterlanadi.
2018 yil 1 yanvardan soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning yig‘ilu
vchanligini oshirish chora-
tadbirlari belgilangan bo‘lib, unda
soliq
ma’muriyatchiligining yangi mexanizmlari joriy etila boshlandi
11
. Ayni paytda soliq
to‘lovchilarning huquqlari tizimga solina boshladi. Bugungi kunda soliq tizimi oldiga
zamonaviy
talablarga muvofiq keluvchi yangi vazifalar qo‘yilgan
12
.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining soliq
siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi farmonning imzolanishi mamlakatda soliq
islohotlarining yangi bosqichini boshlab berdi va mamlakatimizda soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi
13
:
iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning
soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yur
ituvchi
sub’ektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;
soliqlarni unifikatsiya qilish yo‘li bilan ularni maqbullashtirish, o‘xshash soliq solish
bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqarti
rish va soddalashtirish,
operatsion xarajatlarni minimallashtirish.
makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va
uning daromadlarini mustahkam shakllantirishni ta’minlash;
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017 yil 18 iyuldagi “Soliq ma’muriy
atchiligini tubdan takomillashtirish,
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
5116-sonli
farmoni
12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 13 fevraldagi “
Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish
bo‘yicha tashkiliy chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi
5214-sonli farmoyishi
13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida” gi
5468-sonli farmoni
24
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy
hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-
qarshiliklarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning
huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;
soliq solish masalalarini tartibga soladigan havola qiluvchi normalar va qonun osti
hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda soliq qonunchiligining barqarorligini hamda
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri amal qilishini
ta’minlash, shu jumladan, kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari miqdorlarini
belgilash;
xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har
tomonlama qo‘llab
-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan,
soliq solish ob’ektlari hamda
soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni
shakllantirish bilan bog‘liq operat
siyalarga soliq solish tartibini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida
2019 yil 1 yanvardan boshlab
14
:
a) birinchidan, mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali
kamaytirildi:
barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona
stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etilib, shundan 0,1 foiz
i shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvaraqlariga yo‘naltirila boshlandi. Bunda, fuqarolarning
ayrim toifalari uchun eng kam oylik
ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi
saqlab qolinadi. Shu bilan birga fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan
budjetdan tashqari Pensiya j
amg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilindi.
Soliq siyosatidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, endi vaziyat tubdan o‘zgardi: soliq yuki keskin
kamaytirilib, sodda, shaffof, muhimi, ish beruvchi uchun ham, ishlovchi uchun ham birdek adolatli
stavka belgilandi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasining jahon bo‘yicha o‘rtacha
darajasi 20 foiz
ga teng. Daromad solig‘ining bunday soddalashtirilgan tartibi iqtisodiyoti
rivojlanayotgan, keng qamrovli islohotlar olib borilayotgan bizning kabi davlatlar uchun yeng
maqbul variantdir. Birgina misol, 2001 yili Rossiya soliq tizimining progressiv shkala tartibidan
soddalashtirilgan daromad solig‘i tartibiga o‘tishi bir yildayoq katta muvaffaqiyat keltirdi va
mehnat fondidan olinadigan soliq bazasini 50 foizga oshirdi.
Shuningdek
pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida, budjet tashkilotlari va
davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50
foiz
va undan ko‘proq bo‘lgan
yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yu
ridik shaxsning ustav jamg‘armasi (kapital)ning 50
foizi
va undan ko‘proq qismi tegishli bo‘lgan ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50
foiz va
undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy
to‘lov
miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan
stavkada belgilandi.
Xususan, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik
shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat
maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan majburiy
ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘lar qolishi uchun shart
-
sharoit yaratdi.
b) ikkinchidan, aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqlarni optimallashtirish bilan
umumbelgilangan
va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq
solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtirildi:
davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan (yalpi tushumid
an)
undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi.
14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
yil 26
dekabrdagi “O‘zbekiston Resp
ublikasining 2019 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020
-
2021 yillarga budjet mo‘ljallari
to‘g‘risida”gi
4086-sonli qarori
25
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14
foizdan 12 foizgacha, tijorat
banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati
ko‘rsatayotgan yuridik shaxsla
r (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib
chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14
foizdan
20 foizgacha oshirildi;
dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbai
dan ushlab
qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10
foizdan 5 foizgacha pasaytirildi;
barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi)
1 milliard
so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol
-
mulk solig‘i, yer solig‘i va
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etildi;
qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan, royalti to‘lashni
joriy etish orqali takomillashtirildi;
2018 yil 1 yanvardan Soliq kodeksiga
kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
solig‘i bilan birlashtirildi, 2019 yil yanvardan esa benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan so
liq bekor qilindi. Bunda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan
soliq aksiz solig‘i ob’ektiga kiritildi.
v) uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq
siyosatini takomillashtirishning
salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga
oshiriladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu
jumladan, ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxs
lar
uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirildi;
yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolindi.
g) to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i
(QQS) va aksiz solig
‘ini hisoblash va to‘lash
tartibi quyidagilar orqali takomillashtirildi:
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy qilish, soliq solish bazasini
aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni bo‘yicha maz
kur
soliq stavkasi 15 foiz miqdordagi pasaytirildi.
Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish va
O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy
yo‘nalishlarini amalga oshiri
sh maqsadida
soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi
va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»
belgilab olindi
15
.
Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari natijasida:
soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini qisqartirish.
Soliq va soliq rejimlarini birxillashtirish, ma’muriy tartib
-taomillarni soddalashtirish, soliq yukini
optimallashtirish (kamaytirish va baravarlashtirish) nazarda tutilmoqda. 2021 yilga kelib JShDS
to‘lovchilar 1,5 baravar
, QQS, resurs soliqlari va mol-
mulk solig‘i to‘lovchilar esa 2 baravar
ko‘paytiriladi;
xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish.
Mazkur yo‘nalishga
birlamchi hisob hujjatlarini raqamlashtirish va birxillashtirish, soliq hisobotlari shakllarini
soddalashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning eksterritorial prinsipini va soliq
nizolarini sudgacha hal qilish tizimini rivojlantirish kiritildi;
soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini joriy qilish va soliq hisobini takomillashtirish.
Xususan, soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarish darajasini 90%ga yetkazish rejalashtirilmoqda;
davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish. Soliq organlarida
biznes-tahlil (Business Intellegence) tizimi, strategik va protsessual boshqaruv joriy etiladi. Soliq
ma’muriyatchiligi jarayoni avtomatlashtiriladi;
15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
PQ-4389-son qarori
26
davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini
rivojlantirish. Bu nuqtai nazardan normativ-huquqiy baza, kadrlar siyosati qayta k
o‘rib chiqiladi.
Soliqchilar yanada ochiq-oshkora ish olib boradilar.
Rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilishi natijasida to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar sur’ati o‘sishiga, mamlakatning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalarini yaxshilashga
e
rishiladi. Soliqlarning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha YaIM, tushum, qo‘shilgan
qiymatga nisbatan ulushi o‘zgaradi. Mahalliy va xorijiy investorlar o‘rtasidagi soliq imtiyozlari va
preferensiyalar nomutanosibligi bartaraf etiladi. Asosiysi, soliq tekshiruvlari soni qisqaradi,
nazorat tadbirlari natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlar miqdori pasayadi.
Soliqlarni boshqarishning elektron tizimi -
bu har bir soliq to‘lovchining elektron kabineti
bo‘lib, u yerda turli manbalardan kelgan elektron axborot jamlanadi. So‘ngra ushbu axborotga
tegishli algoritm asosida ishlov berilib, to‘lovchiga doir tavakkalchilik tahlili uchun ma’lumotlar
beriladi. Ul
ar to‘lovchi muayyan soliqni to‘lamaganligi haqida xulosaga kelish imkonini bersa,
uni taklif etib, ushbu ma’lumotlar bilan tanishtiradilar. Soliq to‘lovchi asossiz ravishda soliq
to‘lashdan bosh tortsa, hujjatli tekshiruv tayinlanadi.
Bugungi kunda Davla
t soliq qo‘mitasi tomonidan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi
faoliyatini modernizatsiya qilish va kengaytirish borasida faol ish olib borilmoqda. Bu esa soliq
organlarining mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish asosida soliq ma’muriyatchiligi
jarayonlarini qayta tashkil etish imkonini beradi.
Mazkur loyiha doirasida Jahon banki va Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati bilan
hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Rossiya, Hindiston, Koreya, Fransiya, Ozarbayjon hamda Gruziya
ekspertlari bilan esa Ma’lumo
tlarni qayta ishlash markazlarini kengaytirish masalalari muhokama
qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar strategiyasi belgilab olindi.
Shu bilan birga, davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha yagona
integrator h
isoblangan «Uzinfokom» bilan hamkorlikda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining
texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilmoqda.
Mazkur markazni kengaytirish va soliq ma’muriyatchiligining texnologik jarayonlarini
modernizatsiyalash axborotni qayta is
hlash muddatlarini qisqartirishga, qo‘lda bajariladigan
ishlarni avtomatlashtirishga va soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada
oshirishga zamin hozirlaydi.
Soliq tizimida ma’lumotlar boshqarilishini takomillashtirishning asosiy
maqsadi
jarayonlarni raqamlashtirish orqali tizimni to‘liq avtomatlashtirishdan iborat. Bugungi kunda
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazidan 11 ming nafardan ortiq davlat soliq xizmati organlari
xodimlari foydalanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida jamlanadigan ma’lumotlarni
«big data» ko‘rinishiga keltirishni maqsad qilib, bu yo‘lda amalga oshiriladigan loyiha katta
hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olish va tahlil yeta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur
markazn
ing kengayishi real vaqt rejimida qabul qilib olingan barcha ma’lumotlar oqimini
birlashtirishga sharoit yaratadi.
Dunyo tajribasidan ma’lumki, katta hajmga ega raqamli ma’lumotlar bilan ishlaydigan
vositalar va ishlarni tashkil qilish foydalidir. Xususan,
katta ma’lumotlardan foydalangan holda,
keng qamrovli tahlillarning amalga oshirilishi natijasida 2018 yilda Rossiya g‘aznasiga
qo‘shimcha 345 mlrd. rubl kelib tushgan.
Mamlakatimizda «big data» asosida qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lashni nazorat
qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha yirik loyihalarni ishga tushirish ko‘zda
tutilgan.
Toshkent viloyatining Shirchiq shahrida hamda Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida
xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatida hisobvaraq
-fakturani elektron usulda rasmiylashtirish
tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Yangi tizim yordamida QQS bo‘yicha to‘lovlar zanjiri deyarli real vaqt rejimida
monitoring qilib boriladi. Ushbu tizim «soliq to‘lovchi
-
kontragent» zanjiridagi uzilishlarni
27
an
iqlash imkonini beradi hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining oldini oladi. Bu esa
o‘z navbatida, QQS bo‘yicha to‘lovlar hajmining oshishiga olib keladi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilayotgan yana bir istiqbolli loyiha –
onlayn nazorat kassa mashinalari bo‘lib, ularni joriy
etilishi natijasida olingan katta hajmdagi
ma’lumotlarni tahlil qilishda «big data» muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Onlayn kassa apparatlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, mahsulotning (xizmat
ning)
miqdori va nomi, tarkibidagi QQS va boshqa tafsilotlar to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri Davlat soliq
qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga kelib tushadi. Ma’lumotlarni onlayn tarzda
tezkor monitoring qilib borilishi biznes subektlari faoliyati shafofligini oshirishga, davlat soliq
xizmati organlari va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi esa, ma’lumotlarni muntazam tahlil qilib borilishi tadbirkorlik subektlarini
qo‘shimcha ravishda tekshirishga yeh
tiyoj qoldirmaydi. Toshkent shahri hududida 1 martdan 1
iyulga qadar onlayn nazorat-
kassa mashinalari tizimini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba
loyihasini amalga oshirish belgilangan
16
.
2020 yil 1 yanvardan keyingi hisobot davri uchun esa barcha
soliq turlari bo‘yicha
soddalashtirilgan va ixchamlashtirilgan yangi soliq hisoboti shakllari asosida taqdim qilina
boshladi.
Yirik hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirib,
soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosa
batlarda yangi imkoniyalar eshigini ochadi. Bugungi kunda
Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlardan biri ham ilg‘or axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish, yangi tahliliy vositalarni ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etishga qaratilgan.
Shu bois Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish iqtisodiyotda
xufiyona faoliyatlarni qisqartirishga, shafoflik darajasini oshirishga xizmat qiladi hamda biznes
uchun teng raqobat sharoitini yaratishga katta turtki beradi.
Soliq qonunchiligidagi islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, soliq yuki darajasini
kamaytirish, soliq qonunchiligini soddalashtirish va sog‘lom raqobatni ta’minlash bo‘ldi.
Jahon bankining e’lon qilingan yillik «Doing Business 2020» xalqaro reytingid
a, 2019 yil
yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 190 mamlakat orasida 69,9 ball to‘plab, 69
-
o‘rinni egalladi.
2018
yili xuddi shu reytingda 76-
o‘ringa loyiq topilgan mamlakatimiz bir yil ichida 7 pog‘onaga
yuqorilagani yuksak natija, albatta.
Prezidentimiz maml
akatning Jahon banki ma’ruzasida egallagan pozitsiyasiga alohida
e’tibor qaratdi. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» hisobotida
O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»
tasdiqlangan
bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekistonning istiqboldagi rejasi 2022 yilgacha –
40-
o‘ringa
chiqish
17
.
Dostları ilə paylaş: |