1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


Soliq tizimining huquqiy asoslari hamda soliq to‘lovchilarning huquq va



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

1.8. Soliq tizimining huquqiy asoslari hamda soliq to‘lovchilarning huquq va 
majburiyatlari.
Soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir 
qismi bo‘lib, davlatning muayyan 
davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, 
soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash 
mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli 
organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-
tadbirlar yig‘indisidir. Mamlakat 
soliq tizimi xususiyatlari, yo‘nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o‘
rtasidagi nisbatni 
ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
18
Panskov V.P., Knyazev V.G. Nalogi i nalogooblojeniye. -M.:MTSFER, 2003. -s.57-59.


30 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli kuchayib, o‘z 
oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda soliq siyosati muhim vosita bo‘lib 
xizmat qiladi. Soliq siyosati amalda davlat boshqaruvining boshqa unsurlari: pul-kredit siyosati, 
baho siyosati kabilar bilan birgalikda mamlakatning barcha ijtimoiy-
iqtisodiy sohalariga faol ta’sir 
etadi. Davlat soliq siyosati orqali iqtisodiy ri
vojlanishni rag‘batlantiradi yoki cheklaydi. Soliq 
siyosatining asosiy vazifasi oxir-
oqibat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilishi lozim.
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususiyatini e’tiborga olib soliq siyosati: soliq 
siyosati strategiyas
i soliq siyosati taktikasiga bo‘linadi.
Soliq siyosati strategiyasi - 
soliq siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy va 
iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash 
ko‘zda tutilgan soliqqa doir moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir.
Soliq siyosati taktikasi 
esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez
-
tez o‘zgarib turuvchi sayi
-harakatlarni bildirib, qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy 
chora-tadbirlarni hal 
qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuas
i hisoblanadi. 
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1)
mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni qonuniy joriy etish;
2)
amal qilayotgan soliqlarni 
samarali ishlashini ta’minlovchi
mexanizmini shakllantirish 
va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va 
boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
3)
soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni 
ushbu sohadagi vazifalarini belgilash; 
4)
soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga 
oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish. 
O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning 
huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartibi va soliq haqidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun javobgarlik Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati 
to‘g‘risida»gi Qonuni
19
va shu kabi bevosita soliqqa oid qonunchilik orqali tartibga solib turiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida
dastlabki Soliq kodeksi 
O‘zbekiston Respublikasi
ning 1997 
yil 24 apreldagi 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan va 
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy 
Majlisining 1997 yil 24 apreldagi 397-I-sonli qarori bilan 1998 yil 1 yanvardan toki 2008 yil 1 
yanvargacha amalda bo‘lgan. 
Umumiy va maxsus qism, 
XI bo‘lim
, 41 bob, 135 moddadan iborat 
bo‘lgan

Mamlakatimizda ikkinchi Soliq kodeksi 
O‘
zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 
dekabrdagi 136-sonli 
Qonuni bilan tasdiqlangan va 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga 
kiritilgan. Ushbu Kodeks umumiy va maxsus qism, XII 
bo‘lim, 64 bob, 392 moddadan iborat
bo‘lgan

O‘
zbekiston Respublikasining 
amaldagi Soliq kodeksi 
O‘
zbekiston Respublikasining 2019 
yil 30 dekabrdagi 599-son Qonuni bilan tasdiqlangan va 2020 yil 1 yanvardan amalga kiritildi

Soliq kodeksining amaldagi tuzilmasi saqlab qolingan holda uni umumiy qismga (soliq 
ma’muriyatchiligi masalalari) va maxsus qismga
(soliqlarni hisoblash va to‘lashning asosiy 
qoidalari) bo‘linishini nazarda tut
gan holda 
XXI bo‘lim, 71 bob, 480 
moddani tashkil etadi. 
Shuni aytish kerakki, istiqlol yillarida mustaqil mamlakatimizning soliq siyosatini belgilab 
beruvchi 39 ta qonun, davlatimiz rahbarining 44 ta Farmoni va 96 ta qarori hamda Vazirlar 
Mahkamasining 233 ta qarori qabul qilindi. Ularning orasida bevosita davlat soliq xizmati 
organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati ham mavjud. 
Bu, t
a’kidlanganidek, tizimning puxta va ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish 
imkoniyatini yaratdi. Shunday qilib, chorak asr davomida O‘zbekistonda iqtisodiy
-ijtimoiy 
islohotlarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi to‘laqonli soliq tizimini ya
ratishga 
erishildi. 
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va 
qonun hujjatlaridan o‘rin olgan 
normalari Soliq kodeksiga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
19
O

zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qaroriga asosan amalga kiritilgan. 


31 
shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar 
belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa, 
unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’ekti sifatida dunyodagi 
boshqa davlatlar bilan soliq solish sohasidagi o‘zaro
munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy 
bazasini mustahkamlash siyosatini izchil olib bormoqda. 1993 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi 
tomonidan Rossiya, Germaniya, Italiya, Shveytsariya, Niderlandiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, 
Sloveniya, Irlandiya, Isp
aniya va boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l 
qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish 
to‘g‘risida 52 ta bitim imzolangani ana shu sa’y
-harakatlar samarasidir. 
Soliq solish - yuridi
k shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida 
tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amal
ga 
oshiriladi. 
Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yoki 
pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini 
bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoxud soliq to‘lovc
hining iqtisodiy faoliyatini boshqacha 
tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalaridan qat’i nazar, 
barcha daromadlarga soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta ijtimoiy 
adolat prinsiplariga rioya etilishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar O‘zbekiston 
Respublikasining pul birligi-
so‘mda hisoblab chiqariladi.
Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash 
majburiyati yukl
atilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Amaldagi Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) 
amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni 
hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq
hisobotining va arizalarning 
shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli 
organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
Soliq kod
eksida belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan 
foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; 
soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini 
o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki q
aytarish; 
Soliq kodeksida belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki 
bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash;
soliq solish ob’ektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari 
yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishd
a tuzatish; 
Soliq kodeksiga muvofiq o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq 
auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish;
sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu 
tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; 
soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarining ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining Soliq 
kodeksiga va (yoki) soliq to‘g‘risidagi boshqa 
qonunchilikka 
muvofiq bo‘lmagan talablarini 
bajarmaslik; 
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan hujjatlari 
hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan 
tartibda shikoyat qilish; 


32 
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular 
mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning 
o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq 
organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish;
soliq munosabatlari masal
alariga oid o‘z manfaatlarini shaxsan 
yoxud soliq maslahatchilari 
tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash;
soliq siriga rioya etish va uni saqlash. 
Soliq to‘lovchilar soliq Kodeks
i
da va soliq to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarida 
belgilanga
n o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish 
huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday 
munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. 
Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor 
shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi.
Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarm
aganlik yoki 
lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Soliq to‘g‘risidagi 
qonunchilik 
bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va 
yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq 
majburiyatidir. 
Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va 
to‘lashi;
hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv xatini 
olganida soliq organiga kelishi
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni 
yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; 
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni 
hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron 
manbalarda saqlanadigan tegishli 
axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan 
organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi;
soliq hisobotlarining va 
soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan 
boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi 5 yil 
mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;
o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi 
yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi 
(ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari 
hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va 
alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida 
bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida 
xabar qilishi shart. 
Zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar 
soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi 
qonunchilik bilan tartibga solinadigan 
munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq 
organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi 
kerak.
Soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik 
shaxslari nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk ob’ekti turgan joydagi soliq 
organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq 


33 
kodeksida nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan 
holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z muassislari, benefitsiarlari va 
boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (y
uridik 
shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol
-mulk 
ob’ekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar mol
-
mulk ob’ektlarining biri 
turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati 
bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi.
Soliq 
to‘lovchilarning zimmasida 
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
bo‘lishi mumkin.
Zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va budjet 
tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof e
tiladi. 
Soliq agentlari, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq 
to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi.
Soliq agentlari: 
soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjet tizimiga 
o‘tkazishi

soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining soliq 
qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy 
ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; 
hisoblanga
n va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va budjet 
tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida yuritishi;
soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustid
an nazoratni 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi;
soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish uchun 
zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning Soliq kodeksida nazar tutilgan da’v
o muddati mobaynida but 
saqlanishini ta’minlashi shart.
Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi 
mumkin. 
Soliqni to‘lash milliy valyutada amalga oshiriladi.
Chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan soliq summasini milliy valyutada qaytadan 
hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliqni to‘lash sanasidagi rasmiy kursi 
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Soliq majburiyatining bajarilishi mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati, penyalar, 
bankdagi hisobvaraq
lar bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatilishi va soliq to‘lovchining mol
-mulkini 
xatlash bilan ta’minlanishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni to‘lash 
muddatini buzgan taqdirda to‘lashi lozim bo‘lgan pul s
ummasi penyadir. 
Penyaning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda 
bo‘lgan qayta moliyalash stavkasining 1/300 qismiga teng etib qabul qilindi.
Penyalar tegishli soliq to‘lanadigan budjetga (davlat maqsadli jamg‘armasiga) to‘lanadi.
Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq organlarida 
hisobga qo‘yilishi lozim.
Soliq organlari soliq nazoratini: 
1) soliq tekshiruvlari; 
2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi. 
Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar, yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan 
soliq to‘g‘risidagi 
qonunchilikka 
rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi to‘g‘risida soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni 
o‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:


34 
1) kameral soliq tekshiruvi; 
2) sayyor soliq tekshiruvi; 
3) soliq auditi. 
Soliq to‘lovchining, soliq agenti
ning yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik 
belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid 
huquqbuzarlik 
deb e’tirof etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgar 
bo‘ladi.
Jismoniy shaxs soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun 16 yoshdan boshlab 
javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik 
chorasidir. 
Moliyaviy sanksiyalar soliq Kodeksida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul 
undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.
1.1-jadval 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin