1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


Soliqlarni guruhlashning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

1.7. Soliqlarni guruhlashning o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlardan 
iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) 
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) 
aksiz solig‘i;
3) 
foyda solig‘i;
4) 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
5-1) foydali qazilmalarni qaz
ib olganlik uchun maxsus renta soligʻi;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
16
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi “
Toshkent shahrida onlayn Nazorat-kassa 
mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 
150-sonli qarori
17
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentning 2018 yil 13 iyuldagi “
Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining 
“biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora
-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
3852-sonli qarori 


28 
7) mol-
mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, 
hisoblab chiqarish va 
to‘lash tartibi Soliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Soliq kodeksi bilan 
tartibga solinadi. 
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston 
Respublikasi hududida quyidagi 
maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 
1) aylanmadan olinadigan soliq; 
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi sol
iq to‘lovchilarga soliq 
solishning alohida tartibi; 
4) Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq 
solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan 
investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan 
muddat uchun belgilanadi. 
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytir
ilgan soliq 
stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
O‘zbekiston soliq tizimida soliqlarni ob’yekti, iqtisodiy mohiyati budjetga tushishi va 
to‘lovchilari nuqtai
-
nazari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob’yektiga qarab 
uch 
guruhga bo‘linadi:
1)
oborotdan olinadigan soliqlar
2)
daromaddan olinadigan soliqlar; 
3)
mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar. 
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji 
va 
yer qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi 
bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki 
yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o‘lchanadi. Yal
pi tushumdan olinadigan yagona soliq 
to‘lovi ham obo
rotdan olinadigan soliqlarga kiradi. 
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, 
jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo 
korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk 
solig‘i, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig‘i hamda yuridik va 
jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin. 
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri (bilvosita), 
to‘g‘ri (bevosita) soliqlarga bo‘linadi. 
To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy 
to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. Bu soliqlar tarkibiga barcha 
daromaddan to‘lanadigan soliqlar
hamda mol-mulk va resurs soliqlari kiradi. Resurs soliglari 
tarkibiga yer solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun va suv resurslaridan foydalang
anlik uchun 
soliqlar kiradi. 
To‘g‘ri soliqlarda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar 
stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya 
faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning 
stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi. Demak, bu guruh 
tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir.
Egri soliqlarning huquqi
y to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab yuboruvchilar 
hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilar, ya’ni 
bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga 
qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.


29 
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar 
respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob 
bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajas
ini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) 
birmuncha jilovlab turadi. 
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kiradi.
Shunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishlariga 
bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha 
tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega 
ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini, budjet daromadlarini 
uzluksiz ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil et
ib, bir-
biri bilan o‘zaro bog‘langandir.
Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, 
Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining 
hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib,
ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil 
etadi. 
Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va 
Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada 
esa ushbu ko‘rsatkich
25-30 foizni 
tashkil qiladi.
18
Budjetga 
tushishiga qarab soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa 
majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2)
jismoniy shaxslardan olimadigan daromad solig‘i;
3)
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4)
aksiz 
solig‘i;
5)
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchu

soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
avtotransport yig‘imlari;
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi 
qonuni asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy
budjetlar 
o‘rtasida 
taqsimlanadi. 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1)
mol-
mulk solig‘i;
2)
yer solig‘i;
3)
ayrim turdagi tovarlar bilan 
chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika budjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan 
bo‘lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi.
To‘lovchilar 
nuqtai-nazaridan soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslar 
to‘laydigan 
soliqlarga ajratishimiz mumkin. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin