Hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi 3.65. Ssudalar bo‘yicha banklar, budjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor
shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-
kitoblarni inventarizatsiyasi tegishli hujjatlar bo‘yicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi
schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi.
Komissiya debitor va kreditorlar schyotlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning realligi va
shunday bo‘lgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini o‘tkazib yuborishda aybdor shaxslarni
aniqlaydi.
“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyotining yo‘ldagi
tovarlar va faktura qilinmagan mollar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar
summalariga
doir
qismi
alohida
sinchiklab
tekshirilishi
kerak.
U
hujjatlar
va
korrespondensiyalanuvchi schyotlari bilan muvofiqlashuvi bo‘yicha tekshiriladi. Bunda faktura
qilinmagan yetkazib berishlar tarkibida majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan
schyotlar aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda to‘langan va olingan, lekin yo‘lda deb
hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilmaganligi aniqlashtiriladi.
Mol yetkazib beruvchilarning schyotlarida faktura qilinmagan mollar bo‘yicha qolgan
summalarga, ushbu schyot buxgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan
schyot-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar xaridorlarga schyot-fakturalar
taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini ma’lum qilishlari kerak. Agar mol
yetkazib beruvchida qarz bo‘lmasa, u buni xaridorga ma’lum qilishi kerak.
3.66. Ishchi va xizmatchilarga qarzlar bo‘yicha o‘z vaqtida talab qilib olinmagan,
deponentlar schyotiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish haqi summalari, shuningdek, ishchi va
xizmatchilarga ortiqcha to‘lovlar summalarini va yuzaga kelish sabablari aniqlanishi kerak.
3.67. Hisobdor shaxslarga berilgan summalar inventarizatsiya qilinganda maqsadli
foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarga berilgan bo‘naklar bo‘yicha hisobotlari,
shuningdek har bir hisobdor shaxs bo‘yicha berilgan bo‘naklar summalari, ularni berish sanalari
va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi.
3.68. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi hujjatli tekshirish yo‘li bilan quyidagilarni ham
aniqlashi kerak:
banklar, xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘limlari bilan hisob-kitoblarning aynanligi;
balans bo‘yicha qayd etilgan kamomad va o‘g‘irliklarga doir qarz summalari to‘g‘riligi va
asosliligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar;
balans bo‘yicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlari summalarining
to‘g‘riligi va asoslangani, shuningdek, debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga da’volar
taqdim etilganligi;
muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.