3.55.
Qabul
qilinishi
va
foydalanishga
topshirilishi
tegishli
hujjatlar
bilan
rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallangan, haqiqatda to‘liq yoki qisman foydalanishga
topshirilgan obyektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Tugallangan,
lekin nimagadir
foydalanishga
topshirilmagan
obyektlarga
ham
alohida
dalolatnomalar
tuziladi.
Dalolatnomalarda ko‘rsatilgan obyektlarni foydalanishga topshirishni rasmiylashtirish kechikish
sabablarini ham ko‘rsatish lozim.
3.56. Qurilishi tugallangan obyektlarga, shuningdek, amalga oshirilmagan, balansdan
o‘chirilishi kerak bo‘lgan qurilish bo‘yicha loyihalash-tadqiqot ishlariga dalolatnomalar tuziladi va
ularda qurilishni to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan holda bajarilgan
ishlar xarakteri va ularning
qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlarni topshirish dalolatnomalari,
qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlardan
foydalanilishi kerak.
3.57. Binolar, inshootlar, mashinalar,
uskunalar, energetik qurilmalar va boshqa
obyektlarning tugallanmagan kapital ta’mirlarini inventarizatsiyasi naturada ishlar holatini
tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tugallanmagan kapital ta’mirga ta’mirlanayotgan obyekt nomi, ishlar nomi va bajarish
foizi, bajarilgan ishlarning smetadagi va haqiqiy qiymatlari ko‘rsatiladigan dalolatnoma tuziladi.
3.58. Inventarizatsiya komissiyasi hujjatlar bo‘yicha kelgusi davrlar xarajatlari schyotida aks
ettirilishi kerak bo‘lgan summani aniqlaydi va ro‘yxatga kiritadi.
Ko‘rsatilgan xarajatlarni hisobga olish tartibi Buxgalteriya hisobining
milliy
standarti
(21-
sonli BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi
schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr)da
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: