Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


-Mavzu: Parchinlash. Kavsharlash va yelimlab biriktirish



Yüklə 6,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/50
tarix28.11.2023
ölçüsü6,53 Mb.
#167487
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
ЧИЛАНГАРЛИК ИШИ

9-Mavzu: Parchinlash. Kavsharlash va yelimlab biriktirish 
Reja: 
1. Parchinlash 
2. Kavsharlash. 
3. Yelimlab biriktirish 
 
Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish parchinlash 
deb ataladi. Bu turdagi birikmalarni ajratishga ehtiyoj tug‘ilsa, parchin mixlarni 
sindirib detallarni bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Parchin mixli biriktirish usuli metall 
konstrutsiya, balkalar yasashda, kemasozlik, samolyotsozlikda hamda ko‘prik va 
fermalar qurishda keng qo‘llaniladi. 
Parchinlash quyidagi jarayonlardan iborat: 

parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash; 

teshiklardan parchin mix kallagiga moslab rax hosil qilish

yashirin kallaklari uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash; 

teshikka parchin mixlarni qo‘yish; 

parchin mixning biriktirilgan detaldan chiqib turgan uchini pachoqlab unga 
shakl berish.
Parchinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. 
Chilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi. Qizdirish 
usuli maxsus tsehlarda qo‘llaniladi. Bunda parchin mixni 1000

-1100

S da qizdirib 
teshikka tiqiladi. Parchin mix sovugandan keyin biriktiriladigan metallar tortiladi. 
Mixning uchida qattiq zarb berish yoki presslash yordamida kallak hosil qilinishi 
mumkin. 
Qo‘llaniladigan asbob, jihoz hamda parchin mixga beriladigan zarba yoki 
bosim turlariga ko‘ra parchin mixlar uch turga bo‘linadi: 

dastakli asboblar zarbasi uchun; 

pnevmatik bolg‘alar zarbasi uchun; 

press usuli uchun parchin mixlar; 
Parchin mixlar hisobiga detalning og‘irlashuvi, zarb ta’sirida teshiklarda 
parchin mixlarning bo‘shashib qolishi, detallarni biriktirishda operatsiyalarni 
zenkovkalash, ishlashda ortiqcha shovqin va tebranishlarning odam organizmiga 
salbiy ta’siri detallarni parchinlab biriktirishning kamchiliklari hisoblanadi. Shuning 
uchun ham parchinlash usulini takomillashtirish bilan birga ishlab chiqarishda 
yig‘ish-biriktirishning maqbul usuli bo‘lgan elektr-gaz payvandlari keng 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, issiqqa chidamli yelimlar (VK 32-200, VK 32-250, 
IP-9) bilan detallarni yopishtirib birikmalar hosil qilinadi.
Parchinlash turlari. Parchin mix kallakli metall chiviq bo‘lib, uning yarim 
yumaloq baland kallakli (chiviq diametri 1-36 mm gacha, uzunligi 2-180 mm 
gacha), yarim yumaloq past kallakli (

4-80 mm gacha), yassi kallakli (

2-36 mm, 
uzunligi 4-180 mm), yashirin kallakli (

1-36 mm, 
uzunligi 2-180 mm), yarim yashirin kallakli (

2-
36 mm, uzunligi 3-210 mm) turlari bor rasmda (a, 
b, v, g, d).Parchin mixlar po‘lat (St2, St3), mis 


111 
(M3, MT), jez (L63), alyumin qotishmalaridan (AM5P, D18, AD1). 
Zanglamaydigan (X18N9T) yoki legirlangan (09G2) po‘latdan yasaladi. 
Odatda, parchin mixlar parchinlanadigan metallar rusumida tayyorlanadi. Aks holda 
parchin zanglash va birikkan joyidan yemirilishi mumkin. Ba’zan maxsus turdagi 
portlaydigan parchin (AN-1504) mixlardan foydalaniladi. 
Portlaydigan parchin mixlarning uchidagi chuqurchaga portlovchi modda 
to‘ldirilib, atmosfera namliklaridan himoyalab berkitilgan. Bunday mixlarning 
uzunligi 6 mm dan 20 mm gacha, parchinlanadigan paketning qalinligi 1,6-25 dan 
14,1-15 mm gacha. Parchinlashda mixni teshikka bolg‘a zarbasi bilan cho‘ktiriladi 
(sovuq holda), keyin kallagiga elektr isitgichning uchini 2-3 sekundga qo‘yiladi, 
harorati 130

-160

S ga yetgan zaryad portlaydi, natijada, chiviqning uchi kengayadi 
va qalpoq hosil bo‘ladi. 
Parchinlash choklarining turlari. Detallarning parchin mixlar bilan birikkan joyi 
parchinlash choki deb ataladi. Parchin mixli birikmaning turi va qo‘llanilishiga 
ko‘ra, ular uchta-pishiq, zich va pishiq-ziq xillarga bo‘linadi. 
Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo‘llaniladi. Mustahkamlikka 
erishish uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab parchinlash kerak. Bu usul 
balka, kolonna, ko‘prik va boshqa metall konstruktsiyalarni parchinlashda 
qo‘llaniladi. 
Zich choklar germetik konstruktsiyalarda sovuq holda parchinlash usulida 
bajariladi. Konstruktsiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma 
materiallaridan (olif yoki surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi, bunday 
choklar rezervuarlar, yuqori bosim talab qilmaydilar tsesternalar va shunga o‘xshash 
buyumlarni tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Pishiq-zich choklar yetarli darajada germetik bo‘ladi, suv, gaz va boshqa 
suyuqliklarni o‘tkazmaydi. Bug‘ qozonlari, yuqori bosimli rezervuarlar pishiq-zich 
choklarga ega. Bunday choklar maxsus parchinlash mashinalari yordamida qizdirish 
usuli bilan bajariladi. 
Har bir parchin birikmada parchin mixlar bir, ikki qator va undan ortiq holda 
joylashtiriladi. Shunga muvofiq, parchin choklar bir, ikki hamda ko‘p qatorli 
bo‘lishi bilan birga parallel va shaxmat tartibida joylashtirilishi mumkin. 
Qo‘lda va mexanizatsiyalash vositasida parchinlash 
Qo‘lda parchinlash. Qo‘l bilan parchinlashda kvadrat muhrali bolg‘a, tutib 
turgich, tortqi, siqqich, chekanlar ishlatiladi. 
Tutib turgich parchinlashda tayanch vazifasini bajaradi. Uning shakl va 
o‘lchamlari parchinlanadigan detallarning shakli, parchin mixning diametri hamda 
parchinlash usuliga qarab tanlanadi. Og‘irligi bolg‘acha og‘irligidan 3-5 marta ortiq 
bo‘lishi kerak. 
Siqqich mixlarning uchlarida qalpoq shaklini hosil qilish uchun ishlatiladi. 
Uning bir uchi parchin mix qalpog‘i shaklidagi chuqurchaga ega. 
Tortqi bir uchi teshik sumba shaklidagi chiviqdir. U parchinlanadigan listlarni 
tortishga xizmat qiladi. 
Chekan ishchi sirti yassi bo‘lgan chilangarlik bolg‘asidir, u parchin chokning 
germetikligini ta’minlaydi. 


112 
Quyida bolg‘ani parchin mixning diametriga muvofiq tanlanishi ko‘rsatilgan: 
Parchin mix 
diametri, mm 

2,5 

3,5 


6-8 
Bolg‘a og‘irligi, 
gr 
100 
100 
200 
200 
400 
400 
500 
Parchin mixlar diametri va uzunligini hisobga olib tanlanadi. Chiviq uzunligi 
parchinlanadigan materialning qalinligiga muvofiq bo‘lishi kerak. Parchin mix 
uzunligi (L) parchinlanadigan detallarning qalinligi (R
1
va R
2
) hamda chiviqning 
tutashtiruvchi kallak hosil qilish va tirqishni to‘ldirish uchun chiqib turadigan qismi 
uzunligi (L
0
) ning yig‘indisidan iborat. 
Tutatshtiruvchi kallak hosil qiluvchi parchin mix chivig‘ining uzunligi 
L=S

(0,8-1,2)d formula bilan aniqlanadi. 
Bu yerda: S-parchinlanadigan list qalinligi, mm: d-parchin mix diametri, mm.
Yarim yumaloq tutashtiruvchi kallak hosil qilish uchun 
L=S

(1,2-1,5)d formulasidan foydalaniladi. 
Parchin markazidan parchinlangan list qirg‘og‘igacha 1,5d bo‘lishi kerak. 
Teshikning diametri parchin mix diametridan kattaroq bo‘ladi: 
Parchin mix diametri, 
mm 

2,3 
2,6 

3,5 





Teshik diametri, mm 
2,1 
2,4 
2,7 
3,1 
3,6 
4,1 
5,2 
6,2 7,2 8,2 
Parchinlash turlari va usullari. Qo‘l bilan parchinlashning ikki turi bor: bir 
tomonlama va ikki tomonlama. Agar parchinlanadigan detalning orqa tomonidan 
erkin harakat qilish imkoni bo‘lsa ikki tomonlama, aksincha bo‘lsa, bir tomonlama 
parchinlanadi. SHunga ko‘ra, parchinlashning ochiq, to‘g‘ri, berk va teskari usullari 
bor. 
To‘g‘ri parchinlash usulida bolg‘aning zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri chiviqning 
tutashtiruvchi uchiga beriladi. Bu usul listni teshish yoki parmalashdan boshlanadi. 
Parchin mix cho‘ktirilgan detalning orqa tomoniga, ya’ni kallak ostiga tutib 
turgichni qo‘yib tutashtiruvchi tomonida shakl hosil qilinadi. Parchinlanadigan 
listlarga bolg‘a zarbasi qalpoq bo‘ylab beriladi. 
Teskari parchinlash usulida bolg‘a zarbasi mixning kallagidan beriladi, 
portlaydigan va quvurli parchin mixlar ishlatiladi. Bu usul tutatshtiruvchi tomonda 
parchinlash operatsiyasini bajarib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. 
Mashinada parchinlash

Mashinada parchinlashning: mehnat unumdorligi va 
parchinlash sifatining yuqoriligi, kallakning sifatli chiqishi, ishlovchilar sonining 
kamligi, barcha operatsiyalarning mashinada bajarilishi kabi qator afzalliklari bor. 
Parchinlash mashinalarining statsionar va ko‘chma turlari ishlab chiqariladi. 
Statsionar mashinalarning ish unumdorligi yuqori bo‘lish bilan birga kamchiliklari 
ham mavjud. Masalan, hajmi juda katta bo‘lib, ularni ish joyiga keltirish uchun 
qo‘shimcha maxsus konveyerlar, uskunalar kerak bo‘ladi. Pnevmatik mashinalar 
gidravliklariga nisbatan arzon tushadi. Asosan, ko‘chma modellari ishlab chiqiladi, 
ammo ular statsionar vazifasini bajarishi mumkin. 


113 
Nazorat savollari: 
1. Parchinlash nima? 
2. Kavsharlash nima 
3. Yelimlab biriktirish nima?
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich 
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007. 184 

Internet sayt 

Yüklə 6,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin