Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


- Mavzu: Kirish. O‘quv ustaxonasida xavsizlik texnikasi va yong‘in xavsizligi



Yüklə 6,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/50
tarix28.11.2023
ölçüsü6,53 Mb.
#167487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
ЧИЛАНГАРЛИК ИШИ

1- Mavzu: Kirish. O‘quv ustaxonasida xavsizlik texnikasi va yong‘in xavsizligi 
qoidalari. Chilangarlik ish o‘rnini tashkil etish 
Reja: 
1.Mehnat muhofazasi va nazorati
2.Yong‘in xavfsizligi 
3.Texnika xavfsizligi qoidalari

Har qanday texnologik jarayonni to‘g‘ri va muvafaqqiyatli bajarish uchun 
ish o‘rnini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Ish o‘rni-
ishlab chiqarish sexi,

Ish o‘rni ozoda va xona harorati me’yorda bo‘lishi;

Tartibli bo‘lishiga rioya qilish;

Ishchi kiyim (jomakor) havo-bug‘ o‘tkazadigan, ishchini tashqi muhitning 
noqulay ta’siridan asrashi, xarakatga halaqit bermasligi kerak. Ish oldidan 
yengining tugmalari qadalgan, kiyimning etaklari yoyilib ketmasligi, sochni 
bosh kiyim ostiga joylash zarur. Oyoq kiyim oyoqdan chiqib ketmaydigan, 
sirpanmaydigan va oyoqni ifloslanish hamda jarohatlanishdan saqlay oladigan 
bo‘lish kerak. 

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasalliklar 

Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishlar. Jarohatlanish (grekcha 
trauma-yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish omillarining xavfli ta’siri 
natijasida, ya’ni baxtsiz hodisa tufayli organizm to‘qimalarining jarohatlanishi 
va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi. Ular beixtiyor (lat eyish, kesib olish, 
sinish, chiqish va boshq), kimyoviy (kislota va ishqorlar ta’sirida kuyish), termik 
(odam organizmiga yuqori yoki past harorat ta’sir etib, kuyish, yoki sovuq 
urishi), elektrdan kuyish, tok urish va boshq. – psixologik (qattiq hayajonlanish, 
qo‘rquv va boshq) turlariga bo‘linadi.
Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy 
yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki 
kasbiy ish qobiliyatini yohud ikkalasini ham yo‘qotishi mumkin;

Korxona nazorati – xo‘jalikda, shuningdek mehnat muhofazasiga doir 
ishlarni tashkil qilishda va unga umumiy rahbarlik qilish korxonalarda 
o‘rinbosarlardan biriga, jamoat xo‘jaliklarida rahbarlar zimmasiga yuklatiladi.

Jamoat nazorati – bu ishni mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi 
organlari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakil tomonidan 
tekshiriladi.

Yong‘in xavfsizligi, yong‘inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlar 
Xo‘jalikda yong‘inni keltirib chiqaradigan sabablar: isitish pechlarini qurish 
yoki ishlatish qoidalarining buzilishi, ishlab chiqarishda yoki xonada olovni 
ehtiyotsizlik bilan ishlatish, kerosinda ishlaydigan yoritish va qizdirish 
asboblarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish
yashin yoki statik elektr zaryadlar, mashinalar va ishlab chiqarish jihozlarining 
nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik. 


14 

Yong‘inning oldini olish tadbirlari: tashkiliy (ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi 
navbatchilik yoki yong‘indan muhofazalash navbatchilar guruhini tuzish, omma 
orasida tushuntirish ishlarini olib borish).

Texnikaviy tadbirlarga quyidagilar kiradi: Yong‘in yoki portlash jihatidan 
xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jihozlar o‘rnatish, nosoz pechlar, 
mashinalar, elektr jihozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar 
saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqlab 
qo‘yish, yashin qaytargich o‘rnatish, chiqqan yong‘inning tarqalishiga yo‘l 
qo‘ymaslik choralarini ko‘rish (ob’ektlarni o‘tga chidamli materiallardan qurish, 
binolar orasidagi yong‘inga qarshi oraliqlarga rioy aqilish), yong‘inni 
o‘chirishni yengillashtiradigan tadbirlarni ko‘rish (Yong‘inni o‘chirish 
narvonlari, yong‘inni kuzatish mumkin bo‘lgan balandliklar, suv havzalari va 
binolarga kelish yo‘llarini qurish, yong‘in aloqasi hamda xabarlagichlar 
o‘rnatish 

O‘t o‘chirish vositalari -yong‘inni o‘chirish yo‘llari va o‘t o‘chirgich 
moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong‘inni o‘chirish vositalari tanlab 
olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo‘linadi.

Asosiy vositalar - yong‘inga o‘t o‘chirish vositalarini (suv, ko‘pik, kukun, 
karbonad angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil 
avtosisterna, motopompa, o‘t o‘chirgichlar va boshqalar kiradi.

Yong‘inni o‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga 
avtonarvonlar va tirsakli ko‘targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari, 
shuningdek tezkor avtomobillar kiradi.

Yordamchi vositalar-yong‘inni o‘chirish ishlarini bajarish uchun yetarli 
sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar, 
traktor va boshqa mashinalar kiradi.

O‘t o‘chirgichlar- yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘llaniladi. Ular 
turli hajmdagi o‘t o‘chiruvchi moddalar bilan to‘lg‘iziladi. O‘t o‘chiruvchi 
moddalarning tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar ko‘pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon 
guruhlarga bo‘linadi.

Yüklə 6,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin