Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


-Mavzu: Metallarni kesish. Qismini belgilash. Metallarni qirqish



Yüklə 6,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/50
tarix28.11.2023
ölçüsü6,53 Mb.
#167487
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
ЧИЛАНГАРЛИК ИШИ

3-Mavzu: Metallarni kesish. Qismini belgilash. Metallarni qirqish 
Reja: 
1. Kesish asboblari, ularni charxlash va tekshirish
2. Kesish jarayoni va usullari
3. Kesishni mexanizatsiyalash
4.Dastakli qaychi va qo‘larra bilan qirqish. 
Kesish asboblari, ularni charxlash va tekshirish 
Zubilo dasta, ish va zarb beriladigan qismlardan iborat. Dasta ovalsimon yoki 
yassi valsimon shaklda bo‘ladi. Ish qismi pona shaklida. Uningn yon sirtlari 
charxlangandan so‘ng o‘tkir kesuvchi qirra (tig‘) hosil bo‘ladi.
Kreysmeysel ensiz zubilo bo‘lib, ariqchalar, novlar o‘yish uchun 
mo‘ljallangan. Murakkab profilli ariqchalarni o‘yish uchun kesuvchi qirralari 
dumaloqlangan, tig‘lari burchak ostida yoradigan kreysmeysellar ishlatiladi. Ular 
ariqcha ochqichlar deb ataladi.
Slesarlik bolg‘alari po‘latdan dumaloq va kvadrat muxrali qilib tayyorlanadi. 
Ish qismlari toblanadi. Bolg‘aning asosiy xarakteristikasi uning vazni.
Kesish asboblarini o‘tkirlash.
Kesish asboblari korundan yasalgan jilvirlash doiralari bilan charxlanadi. 
Charxlashda quyidagilar ta’minlanishi lozim : 
-
kesish qirralarining to‘g‘ri chiziqliligi;
-
yon sirtlarini tekisliligi va ularning o‘qqa qiyaligi;
-
tavsiya qilinadigan quyidagi o‘tkirlash burchaklari.
Charxlash uchun asbob tirakka qo‘yib, doiraning butun eni bo‘ylab suriladi va 
ponaning dam bir tomoni, dam ikkinchi tomoni burib turiladi. Asbobni jilvirlash 
doirasiga qattiq bosmaslik kerak, aks xolda uning kesuvchi qismi qizib ketib, 
qattiqligini yo‘qotadi. Sovutish uchun asboblarning charxlanadigan qismi tez-tez 
xo‘llab turiladi. Charxlash burchagi andaza bilan tekshiriladi. 
Kesish jarayoni va usullari 
To‘g‘ri chiziqlik ariqchalar qirqish
1. Ariqchalar rejalash va reja chiziqlariga kern urib chiqish.
2. Kreytsmeyselni ichkarisiga qaratib, shunday o‘tkirlansinki uni kesuvchi tig‘i 
uchki qismidan enli bo‘lsin, shunda kreytsmeysel ariqchaga bemalol sig‘adi.
3. Zagatovka tiskida shunday siqib o‘rnatilsinki ariqchani tubi tiski jag‘idan 2-3 
mm yuqorida tursin.
4. Kreytsmeysel bilan ariqchani xomaki uyish, keyin uzil kesil quyish.
Egri chiziqli ariqchalar kesish
1. Rejalash birinchi urinishda aniq chiqmasligini va ko‘pincha uni o‘chirib 
yangittan chizishga to‘g‘ri kelishini hisobga olib, egri sirtda qalam bilan rejalanadi.
2. Kreytsmeysel ariq o‘ygich bilan ariqcha o‘yish, bunda aval ariqchani bir uchidan 
o‘rtasiga qaratib so‘ngra ikkinchi uchidan o‘rtasiga uyish .
3. Ariqchalar o‘yishni uch o‘tishda bajarish kerak. Birinchi o‘tishda ariq o‘ygichga 
bolg‘acha bilan yengil zarblar berib reja chiziqlari bo‘yicha ariqchalar izi belgilab 
chiqiladi, ikkinchi o‘tishda ariqcha profilini saqlab, tozalab qirqish uchun 


39 
qoldirilgan ariqchani chuqirlashtirish. Uchinchi o‘tishda tekisliklarni tekislab 
ariqchaga bir xil chuqirlik, kenglik va talab etilgan notekislikni bergan xolda 
arqchani ikkala uchidan boshlab tozalab qirqish.
4. Radius yuzaning qirqilish sifatini tekshirish: yon yuzalarda va tubida chiqiqlar 
bo‘lmasligi kerak. Ariqchalarni eni va cho‘qirligini radius andaza bilan 
tekshiriladi. Listaviy metallni kesish. Listaviy materiallar tiski jag‘lari sathida 
kesiladi. Buning uchun ishlanadigan buyum tiskiga reja sathiga jag‘lar satxiga 
to‘g‘ri keladigan qilib mahkamlanadi va zubilo jag‘i bo‘ylab suriladi.
Enli sirtlarni kesish. Kichikroq detallar tiskiga reja chizig‘i jag‘lari sathidan 
5-10 mm yuqoriroq qilib o‘rnatiladi. Yirik detallar dastgohlarda yoki o‘rnatilgan 
joyida kesiladi. Chiviq va listaviy detallarni kesish. Chiviq material plita yoki 
sandon ustida kesiladi. Butun perimetri bo‘ylab rejalab olingan chiviq plita ustiga 
qo‘yiladi, zubiloni tik ushlab, bolg‘a bilan qattiq-qattiq urgan holda chiviqning bir 
tomoni, so‘ngra shu tartibda ikkinchi tomoni kesib olinadi.

Yüklə 6,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin