40
qaychilar, o‘tkir jag‘li ombirlar, truba qirqichlar, press qaychilar, shtamplar bilan
qirqiladi. Dastaki arralar bilan ko‘ndalang o‘lchami 60-70 mm gacha bo‘lgan
metallar va boshqa materiallarni qirqish mumkin.
Ular arra ramkasi va arra
polotnosidan iborat bo‘ladi.
Qirqish qoidalari. Qirqiladigan zagatovkani tiskiga juda puxta mahkamlash
kerak, aks xolda qirqish paytida surilib ketib, polotnoni sindirishi mumkin. Arrani
oldinga yurgizish paytida, ya’ni ish yo‘lida arra ikkala qo‘l bilan bosiladi, bunda
chap qo‘lning asosiy kuchi bosishga, o‘ng qo‘lning asosiy kuchi esa arrani
oldignga surishga sarflanadi. Arrani orqaga, ya’ni salt yurgizganda u bosilmaydi.
Arrani ravon va bir me’yorda yurgizish kerak. Materialning qattiqligiga qarab arra
kuchliroq yoki kuchsizroq bosiladi. Ishqalanishni
kamaytirish uchun arra
polotnosini mineral moy bilan moylash mumkin.
Dumaloq, kvadrat, olti yoqli chiviqlarni arralashda arra gorizontal ushlanadi,
dekin bunda polotno yo‘lida o‘tkir burchaklari uchramasligi kerak. etadi.
Dastaki qaychilar bilan yupqa listaviy material: 0,5-0,7 mm qalinlikdagi
po‘lat, tombop tunuka, 1,5 mm gacha qalinlikdagi rangli metallar qirqiladi.
Qaychilar chapaqay va o‘ngaqay bo‘ladi. Asosan o‘ngaqay qaychilar ishlatiladi,
ularda pastki tig‘ning qiyaligi o‘ng tomonda yotadi. CHapaqay qaychilar bilan egri
chiziqli detallar detallar qirqiladi. Egri tig‘li qaychilar
list va trubalarda shakldor
teshiklarni ochish uchun ishlatiladi.
Richagli qaychilar bilan 4 mm gacha qalinlikdagi listaviy metallni qirqish uchun
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: