2-Mavzu: O‘lchov asboblarini tuzilishi. Asboblarni charxlash usullarini
Reja:
1. Rejalash va o‘lchash asboblari
2. Rejalash usullari
3. Rejalash chiziqlarini kernlash
4. Rejalashda xavfsizlik texnikasi talablari va qoidalari
Zagotovkaning o‘lchamlari hamma vaqt tayyorlanadigan buyum
o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Zarur shaklli va o‘lchamli buyum yasash uchun
zagotovka sirtidan ma’lum metall qatlamini yo‘nib, unga ishlov berish kerak.
Ishlov paytida yo‘niladigan metall qatlami qo‘yim deb ataladi.
Zagotovkaga chizmada ko‘rsatilgan shakl va o‘lchamlarni tushirish
operatsiyasi rejalash deb ataladi.
Ishlab chiqarishda oz miqdorda buyumlar tayyorlash kerak bo‘lgan
hollardagina rejalashdan keng foydalaniladi. Rejalashning oddiy usullari
qo‘llanganda 0,5 mm gacha aniqlikka erishish mumkin. Zagotovkani aniq rejalash
millimetrning yuzdan bir ulushigacha aniqlikni ta’minlaydi.
Rejalashning ikki turi bor - tekislikda rejalash va fazoviy rejalash.
Detall konturlari bir tekislikda yotganda tekislikda rejalash usuli qo‘llanadi.
Tekislikda rejalash chizmachilikning deyarli o‘zi bo‘lib, undan farqi qog‘ozga
qalamda emas, balki zagotovkaga o‘tkir uchli metall nina (chizg‘ich) bilan
chiziladi.
Bir uchi o‘tkir, ikkinchi uchi halqasimon sim chizg‘ichlar;
а)
bir uchi o‘tkir, ikkinchi tomoni ushlashga oson bo‘lishi uchun g‘adir-budir
qilib, yo‘g‘onroq ishlangan yo‘rma chizg‘ichlar;
б)
ikki tomonlama chizg‘ich, ikki uchi ham o‘tkir bo‘lib noqulay joylarga
chiziqchalar chizishda ishlatiladi;
в)
strelka-chizg‘ich, bir uchi o‘tkir to‘g‘ri burchakli kesimli chizg‘ich, uning
sirtlari yaxshi ishlangan bo‘lib, uni go‘niyalar, kubiklar bo‘ylab bemalol surishga
imkon beradi. Masalan, shtangenreysmosda ishlatiladi.
Amalda qo‘yma ninali chizg‘ichlar qo‘llaniladi. Nina sifatida oddiy patefon
ninasidan foydalanish mumkin.
Yaxshi ishlov berilgan sirtlarni rejalashda ularni shikastlamaslik uchun
yumshoq materiallardan qilingan chizg‘ichlar ishlatiladi (masalan, po‘lat uchun
latun chizg‘ichlar ishlatiladi).
Chizg‘ichlar yaxshi o‘tkirlangan bo‘lishi lozim. Ularning ish qismi qancha
o‘tkir bo‘lsa, rejalash chizig‘i ham shuncha ingichka chiqadi va rejalash aniqligi
shuncha oshadi.
Chizg‘ichlar charxlash stanoklarida o‘tkirlanadi. Buning uchun ularni
aylanib turgan doiraga tekkiziladi va ravon burib turiladi.
Chizg‘ichlar to‘g‘ri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladi. Bunda shuni
hisobga olish kerakki, chizg‘ich ham, o‘tkir chizg‘ichlar ham ma’lum qalinlikka
25
ega, shuning uchun chizg‘ichni chiziladigan chiziqdan bir oz nari ushlab turish
kerak. SHunda chiziq zarur joyga chiziladi.
Go‘niyalar: a-yassi;b-anlaj; v-T-simon
tokchali
Ish
qirralari
bir
oz
qiya
chizg‘ichlarni ishlatish juda qulay.
Ularni qo‘llaganda rejalash aniqligi
oshadi.
Go‘niyalar
to‘g‘ri
burchakli
chiziqchalar chizishda ishlatiladi.
Rejalashda
yassi
chilangarlik
go‘niyalari, yo‘g‘on tokchali (anlaj)
go‘niyalar,
T-simon
tokchali
go‘niyalar qo‘llaniladi.
Yassi chilangarlik go‘niyasi eng qulay va ko‘p ishlatiladigan qurol
hisoblanadi. Lekin uning yordamida perpendikulyar chiziqlarni yetarli aniqlikda
chizib bo‘lmaydi. Bo‘nga sabab, birinchidan, go‘niyaning burchagi har doim bir oz
ezilgan bo‘ladi va uni perpendikulyar chiqariladigan joyga ko‘z bilan chamalab
qo‘yiladi; ikkinchidan, berilgan to‘g‘ri chiziqning ikki tomoniga perpendikulyar
o‘tkazishda oldin to‘g‘ri chiziqning yuqorisiga, keyin ostiga perpendikulyar
chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun go‘niyani yuqoridan pastga olib qo‘yish
kerak bo‘ladi. Bunda, albatta, xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Anlaj go‘niya yoki T-simon tokchali go‘niyani qo‘llaganda ularni detalning ishlov
berilgan sirti yoki rejalash plitasi bo‘ylab yurgizish mumkin. Bunda vertikal
chiziqlar osongina xatosiz chiziladi.
Rejalash tsirkullari aylanalar, yoylar chizishda, kesmalarni qismlarga
bo‘lishda, o‘lchamlarni ko‘chirish va h.k. larda ishlatiladi. Oddiy, prujinali va
almashtiriladigan oyoqli tsirkullar bo‘ladi. Rejalashda 0,05 mm aniqlikdagi
shtangen-tsirkullar keng ishlatiladi. Oddiy tsirkullar sharnir 2 bilan biriktirilgan
ikki oyoq 1 dan iborat. Ularning biriga o‘yiqli skoba 3 parchinlangan,
ikkinchisidan vint 4 bor. Vint 4 ni burab, tsirkulь oyoqlarini zarur vaziyatga
o‘rnatish mumkin.
Rejalash tsirkullari
Prujinali
tsirkullar.
Tsirkulning
yuqori qismidagi yassi prujina 2 oyoqli
1ni o‘q 3 atrofida burishga va ularni
kerishga intiladi, vint 5 va qirqma gayka 4
bunga qarshilik qiladi. Gaykani aylantirib,
tsirkulni istalgan vaziyatga o‘rnatish
mumkin.Tsirkullarning oyoqlari 45, 50
markali po‘latdan yasaladi va toblanadi.
Tsirkulning asosiy o‘lchami eng katta
kerilgan oyoqlar o‘rtasidagi masofa
hisoblanadi. Oddiy tsirkullar 280, 350,
430 va 500 mm, prujinali tsirkullar 50, 80,
120 va 150 mm o‘lchamli qilib ishlab
chiqariladi.
26
Kernerlar rejalash chiziqlarining o‘rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi.
Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar tushiriladi. Oddiy, mexaniq va
elektr kernerlar ishlatiladi.
Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq
ustida tik ushlab, kallagi bosiladi.
Bunda korpus va yo‘naltiruvchi vtulka pastga
suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi
bilan polzunni bo‘shatadi. Polzun prujina
ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan
rostlanadi.
Elektr kerner korpus 1, elektromagnik 4 va o‘zak 3 dan iborat. Elektr toki o‘tganda
elektromagnit g‘altagi o‘zakni tortadi. O‘zak pastga harakatlanib, kerner
hisoblangan uchlik 5 ga zarb bilan uriladi. Kernlash paytida elektr kerner chiziq
ustiga qo‘yiladi va uning korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr
kontaktlarni tutashtiradi, elektromagnit zanjiri ulanadi va uchlikka zarb tushadi.
Oddiy kerner rasmda ish qismi, o‘rta va zarb qismlardan iborat bo‘ladi. Ish
qismi konussimon qilib yasaladi. Rejalash chiziqlarini kernlash uchun ish qismi
60
0
, teshiklarning markazini belgilab olish uchun 75
0
burchak ostida o‘tkirlanadi.
Bu chuqurroq chuqurchalar tushirishga imkon beradi. O‘rta qism, ya’ni tsilindrik
to‘rsimon g‘adir-budir qilib yasalgan. Kernerning zarb qismining uchi
dumaloqlangan konusdan iborat SHunday tuzilganligi tufayli zarb hamma vaqt
qurolning markaziga aniq tushadi. Kernerlar U7 va U8 markali uglerodli
asbobsozlik po‘latidan yasaladi. Zarb beradigan va ish qismi toblanadi.
Kernlash uchun 100-200 g li bolg‘a ishlatiladi.
Mexanik kerner korpus 4, uning ichidagi prujina 1, yassi prujina 5 li polzun
3, vtulka 6, prujina 7 li kerner 9 dan iborat. Prujina 7 yo‘naltiruvchi vtulka 8 ichida
harakat qiladi. Korpusga yuqoridan kallakli gayka 2 burab qo‘yilgan.
Zarb paytida magnitning elektr zanjiri uziladi va prujina 2 ta’sirida o‘zak dastlabki
vaziyatiga qaytadi.
Markaz qidirgichlar teshiklarning markazini topishga imkon beradi. Oddiy
markaz qidirgich (rasmga qarang) o‘ziga biriktirilgan chizg‘ichli go‘niyadan
iborat. Chizg‘ich go‘niyaning to‘g‘ri burchak bissektrisasi hisoblanadi.
Markaz qidirgich-go‘niyani buyumning tashqi sirtiga qo‘yib, chizg‘ich bilan
to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. U aylana markazi orqali o‘tadi. Go‘niyani ma’lum
burchakka burib, ikkinchi to‘g‘ri chiziq chiziladi. Ular kesishgan joy qidirilayotgan
markaz bo‘ladi. Markaz qidirgichlar transportir go‘niya-markaz qidirgichdan
transportiri 2 borligi bilan farq qiladi. Transportir so‘rgich 4 yordamida chizg‘ich 3
bo‘ylab surilishi va gayka 5 bilan zarur vaziyatga mahkamlab qo‘yilishi mumkin.
27
Markaz qidirgich
Chizg‘ich go‘niya 1 ga mahkamlangan.
Transportir tsilindrik detalь markazidan
ma’lum masofada joylashgan teshiklarning
markazini topishga imkon beradi 45
0
burchak ostida yotgan va detal markazidan
25 mm naridagi a nuqtaning vaziyati
topilgan).
Mavjud teshikning markazi chizg‘ich 2 va
ikkita shtift 1 li planka 3 dan iborat bo‘lgan
markaz qidirgich bilan topiladi. Rejalash
uchun markaz qidirgich shtiftlari teshik
sirtiga tegib turadigan qilib o‘rnatiladi. U
xuddi go‘niya-markaz qidirgich kabi
ishlatiladi.
Chilangarlikda qo‘llaniladigan barcha o‘lchash va nazorat qilish vositalarini
ikki-nazorat-o‘lchov asboblari hamda o‘lchov asboblari guruhiga bo‘lish mumkin.
Tekshiruv taxtalari katta sirtli detallarni tekshirish uchun qo‘llaniladi. Ular
mayda donali kulrang cho‘yandan yasaladi. Ish yuzasining aniqligi bo‘yicha
taxtalar 4 klassga bo‘linadi: 0, 1, 2 va 3. Birinchi uch klassi tekshiruvda,
to‘rtinchisi esa rejalashda qo‘llaniladi. Taxtalarda bo‘yoq usulida tekshirish
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek bajariladi.
Shtangen asboblar
Shtangen asboblar mashinasozlikda ko‘p qo‘llaniladi. Ulardan detallarning
ichki, tashqi diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini
o‘lchashda foydalaniladi
Shtangentsirkullarning uch turi-SHTS-I, SHTS-II, SHTS-III ishlatiladi.
Ularning o‘lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm (SHTS-1); 0-160 mm (SHTS-
II); 0-400 mm (SHTS-III). Nonius bo‘yicha sanoqlari 0,1 mm (SHTS-I) va 0,05
mm (SHTS-II va SHTS-III).
Shtangentsirkul SHTS-I bilan tashqi, ichki o‘lchamlar va chuqurlikni
o‘lchash mumkin. Shtangasining bitta uchida o‘lchash jag‘lari ikkinchi uchidan
chizg‘ich bo‘lib, undan chuqurlikni o‘lchashda foydalaniladi. Shtanga bo‘ylab
qo‘zg‘aluvchi ramka jag‘lari suriladi. O‘lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint
bilan mahkamlab qo‘yiladi. Shtangentsirkulning ostki jag‘i tashqi, ustki jag‘i esa
ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning qiya qirrasiga nonius
shkalasi zarblangan.
Shtangentsirkul SHTS-II yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini beradi.
Asbobning ustki jag‘i o‘tkirlangan bo‘lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi.
28
Shtangentsirkul
ko‘rsatkichini
o‘qish.
Shtangentsirkulni
ko‘zning
ro‘parasida tutib, millimetrlarning butun sonlarini chapdan o‘ngga qaratib,
noniusning nolinchi shtrixi bilan sanaladi va noniusning shtanga shkalasi shtrixi
bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi. Millimetrning yuzdan bir ulushlarini
ifodalovchi chapdagi yaqinroq raqmga sanoq boshi kattaligini nonius qisqa
shtrixining tartib raqamiga ko‘paytirishdan chiqqan natija qo‘shiladi.
Nazorat savollari:
1. Rejalashning necha turini bilasiz?
2. Rejalashning qanday usullarini bilasiz?
3. Rejalashda sirtlarni bo‘yash nima uchun ishlatiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich Toshkent 2016. – 212
b
2016. – 212 b
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007.
184 b
2007. 184 b
3. ”Texnikaviy chizmachilik” Y.A Ibragimov
2017 y
4. Dolgix A. I, «Slesarnoye delo»: «Nauchnaya kniga» 2013g. 620 s 2004. - 320 s
Internet sayt
Dostları ilə paylaş: |