Mashinasozlik materiallari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#167501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Engineering materials - lecture 8

Jez 
(latun)lar Л
harfi va mis miqdorini bildiruvchi sonlar bilan tamg'alanadi (Л85, 
Л90, Л96). Masalan, Л90 va 90% mis bo'lib, qolgan 10% ini rux tashkil qiladi. 
Qotishma tarkibidagi ruxning miqdori 10% dan kam bo'lsa, bu qotishma tompak
ruxning miqdori 10...20% orasida bo'lsa, u material yarim tompak material 
deyiladi. Bunday qotishmalar yuqori plastiklik hamda issiqlik o'tkazuvchanlikka 
ega bo'lib, korroziyabardoshliligi ham yaxshi. Tarkibidagi ruxning miqdori 
ko'payib borgan sari latunlar arzonlashib boradi (Л59, Л62). Bunday qotishmalar 
bir qator yaxshi xususiyatlarga ega, ularning mustahkamligi yuqori, kesib 
ishlanadi, lekin korroziyaga qarshiligi kam. 
Ko'p elementli murakkab legirlangan 
latunlarda Л
harfidan keyin legirlovchi 
elementlar ruscha nomlarining bosh harfi, so'ngra % miqdorlarini ko'rsatadigan 
sonlar qo'yiladi (ЛЖ60-1-1, ЛMCA57-3-1, ЛO60-1, ЛK80-3L va hokazo). 
Masalan, ЛAHKMC75-2-2,5-0,5-0,5, ya'ni bunday latun tarkibida 75% mis, 2,0% 
alyuminiy,2,5% nikel, 0,5% kremniy va 0,5% marganes bor. 
Texnologik ko'rsatkichlarga ko'ra 
latunlar
deformasiyalanadigan va quyma olish 
uchun mo'ljallangan (ЛK 80-3) bo'lishi mumkin. 
Alyuminiyli latunlarning
mexanik xossalari va korroziyabardoshliligi yaxshi. 
Deformasiyalanadigan qotishmalarda 40% gacha, quyma qotishmalarda esa 7% 
gacha alyuminiy bo'ladi. Bundaylarga misol qilib, quyidagi qotishmalarni 
ko'rsatish mumkin: ЛA85-0,5, ЛA77-2, ЛAMC77-2,05. 
Kremniyli qotishmalar
dengiz suvi va ochiq havo ta'sirida korroziyalanmaydi. 
Agar tarkibida kremniy 3 % dan oshmasa, qotishma plastiklik va yuqori mexanik 
xossaga ega, lekin kremniy miqdori4% dan oshsa, uning qattiqligi oshib, plastikligi 
kamayadi. Mashinasozlikda ЛK80-3, ЛKC65-1,5-3 kabi latunlar ko'p ishlatiladi. 
Kemasozlikda ko'proq marganes bilan legirlovchi 
latunlar
ishlatiladi: ЛM58- 2, 
ЛM57-3. Bunday qotishmalar sovuq va issiq holda bosim ostida yaxshi 
deformasiyalanadi, mexanik xossalari yaxshi hamda suv bug'i va dengiz suvi kabi 
tajovuzkor muhitga chidaydi. 
Nikelli jezlar
yaxshi mexanik xossaga ega, issiq va sovuq holda yaxshi 
deformasiyalanadi. Mashinasozlikda latunlarning ЛH65-5 va boshqa turlari ko'p 
ishlatiladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin