narxini pasaytirish
maqsadida ular marganes, titan, kabalt va
hokazo elementlar
bilan
legirlanadi
.
Antifriksion qotishmalar.
Bu qotishmalar Sn, Fe, Cu, Al elementlari asosida
olinib, sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni
val bilan ishqalanib
ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga antifriksion qotishmalar
deyiladi. Bu materiallar val sirtiga oson moslanuvchan,
yetarli darajada yuqori
mexanik xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi, ishqalanish
koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi,
korroziya-bardoshligi va
suyuqlanish temperaturasi deyarli past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bunday talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar, antifriksion
cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi.
Shuni qayd etish lozimki, bunday
qotishmalarda puxta, nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini
o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos materiali tez yeyilib,
mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib, ularga moy o‘tib,
yuzani moylab turadi,
yeyilish mahsulotlari esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan
almashtiriladi. Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat,
shu boisdan ulardan
og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina foydalaniladi. Boshqa
hollarda qalay tejash uchun qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar
qo‘shiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
S.D. Nurmurodov, A.X. Rasulov, A.A. Allanazarov. Mashinasozlik
materiallari. - Toshkent.: 2020
2.
Nurmurodov S.D., Rasulov A.X., Baxodirov Q.G‘. Materialshunoslik
va konstruksion materiallar texnologiyasi. Darslik. - Toshkent, «Fan va
texnologiya» nashriyoti, 2015
3.
Nurmurodov S.D., Ziyamuxamedova U.A. Metallar texnologiyasi.
Darslik-Toshkent, 2017
4.
Ziyamuxamedova U.A., Nurmurodov S.D., Rasulov A.X.
Metallshunoslik. Darslik. - Toshkent, «Fan va texnologiya» nashriyoti,
2018
5.
Norxudjaev F.R. Materialshunoslik. Darslik. - Toshkent.: Fan va
texnologiyalar. 2014.