Deformasiyalanadigan va quyma bronzalarning mexanik xossalari va
qo’llash sohasi
.
8.2-jadval
Deformasiyalanadigan bronzalardagi
(5017-70GOST) qalayning miqdori 8%
dan kam bo'ladi (БpOФ6, 5-0,15, БpOTC4-3, БpOTCC4-4-2,5).
Bunday
bronzalardan murakkab shakldagi buyumlar, hatto prujinalar ham tayyorlanadi.
Quyma bronzalar (613-79 GOST) dagi qalayning miqdori 6% ga teng, yoki undan
kam bo'ladi.Bunday bronzalar yuqori antifriksion xossalarga va yetarli darajada
mustahkamlikka ega; ulardan armaturalar hamda ishqalanish
juftlari tayyorlanadi
(БpOTCC4-4-2,5; БpOTCCH3-7-5-1, БpOTCC4-4-17).
Maxsus bronzalar
mashinasozlik materiallari sifatida ishlatiladi. Bunday
bronzalarning
tarkibida alyuminiy, nikel, kremniy, temir, berilliy, xrom,
qo'rg'oshin va boshqa elementlar bo'ladi, ya'ni ular murakkab tarkibga ega.
Bronzalarda qaysi element muhim legirlovchi element bo'lsa, bronza shu element
nomi bilan ataladi. Bunday bronzalar ichida alyuminiyli bronzalar (БpAЖ9-4,
БpAЖH10-4-4 va hokazo) eng ko'p tarqalgan bo'lib,
yuqori mexanik xossalarga
ega, ularning antifriksion va korroziyabardoshlilik xossalari ham yaxshi.
Alyuminiyli bronzalarning cho'kma hosil qilish xususiyatlarini kamaytirish hamda
oksidlanish va gaz pufaklarini hosil qilish xususiyatlarini kamaytirish maqsadida
ular temir, nikel, marganes bilan qo'shimcha legirlanadi (БpAЖMC 10-3-2). Ular
quyma yoki deformasiyalangan har xil shakldagi yarimfabrikat holda
chiqariladi.Bunday bronzalar harorat ta'siri ostida
ishqalanish natijasida
yeyiladigan, asosan, javobgarligi katta bo'lgan mashina vositalarini tayyorlashda
ishlatiladi (8.3-jadval).
Dostları ilə paylaş: