O‘shanday qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek:
“og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va
ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan,
eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz
manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik”.
4.
O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinishiga nimalar
sabab bo ‘ldi?
O`zbekistonning eski konstitutsiyasi hozirgi davrga kelib qonunlarieskirib qoldi. Hozirgi
kun uchun konstitusiyamizdagi moddalarga o`zgartirishlar kiritilmasa bo`lmaydigan
davrga yetib keldik. Hozirgi davrga kelib yoshlarga keng imkoniyatlar ochilmoqda.
Fuqarolarning daxlsizligi yanada qonun bilan tasdiqlab qo`yildi. O`qituvchilarning
huquqlarini yanada mukammalroq tuzish talab etila boshlandi. Fuqarolarimiz
kundan
kunga oshib bormoqda ularning tuzmush tarzini yanada yaxshiroq qilish boshlandi.
Mamlakatni tashqi savdo-iqtisodiyotini yana kuchaytirmasa bo`lmasligi tushinub yetildi.
Butun dunyo maydoniga chiqish uchun davlat butun dunyo tendensiyalarini qabul qilish
kerak bo`lib qoldi, hozirgi davrga kelib. Davlatda qonun ustivorligi yana ta`minlandi.
5.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xos mazmuni nimalarda ko ‘rinadi?
O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va
ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani
uning hayotiyligining
kafolatidir.
Shu bilan birga, Asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda
konstitutsiyaviy
qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro
hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish
mexanizmini o‘zida mujassam etgan.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi
munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini
tartibga soluvchi aniq
huquqiy tizimni tashkil etdi.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya normalariga muvofiq 8 ta
konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 600 dan ziyod qonunni qabul qildi, 200 dan ortiq
ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi va shu tariqa Asosiy Qonunimizni
amalga oshirishning yaxlit huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning samaradorligini vaqt o‘zi
ko‘rsatib turibdi va bu bugun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
Asosiy Qonunimizga nisbatan bunday yuksak va xolis baholar berilishi bejiz emas. Buni,
jumladan quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, bizning Konstitutsiya haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda
sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o‘zida mujassam
etgan hujjatdir.
Dostları ilə paylaş: