ishi yuritish jarayonida ushbu organlar tomonidan belgilangan cheklovlar. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilinishi yoki davlat
ijrochi tomonidan qarzdorning hisob-varag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlanishi
uning o‘z hisob-varag‘idan foydalana olmasligi shular jumlasidandir.
Ikkinchidan, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyi qilmishi uchun jazo
sifatida belgilash. Bu cheklashlar sud qarori yohud hukmi asosida amalga oshiriladi.
Xususan, shaxsni ma’muriy
qamoqqa olish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan
ma’muriy tarzda chiqarib yuborish (chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
nisbatan qo‘llaniladi), muayyan huquqdan mahrum qilish (masalan, avtotransport
vositasini haydash huquqidan yoki ma’lum sohada (lavozimda)
ishlashdan vaqtincha
mahrum qilish cheklash), ozodlikdan cheklash yoki mahrum qilish bilan bog‘liq jazolar
shular jumlasidandir.
Uchinchidan, davlat xavfsizligi va jamoat tartibotini saqlash maqsadida qo‘llaniladigan
cheklovlar. Xususan, pandemiya e’lon qilingan davrda karantin joriy etilishi munosabati
bilan shaxslarning erkin harakatlanishining cheklanishi yoki favqulodda vaziyat joriy
qilingan hududlarda ma’lum vaqt doirasida ayrim harakatlarning cheklanishi shular
jumlasidandir.
Muhokama jarayonida bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson
huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olinishi, doirasining keng qilib
belgilanishi konstitutsiyaviy qoidalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ishlashi, O‘zbekistonning
inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini to‘liq bajarilishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, insonlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari davlat va
jamiyat hamda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligini
ta’minlash uchun Asosiy qonunimizda insonning huquq va erkinligi faqat qonun bilan
cheklanishini belgilash maqsadga muvofiq.