A) Betakror iste’dod egasi edi, asarda Amir
Temur tomonidan "shatranj sohasida
jahongirdirsan" deya ta’riflangan.
B) Asarda ifoda etilishicha, u xohlasa,
ko‘zining rangini ham o‘zgartira oladigan
epchil xufya edi. C) U Rum sultoni asir
olingani xabarini olib kelgan yasovul.
D) Boyazidning elchisi bo‘lib, u Rumodan yetib
kelgan edi.
15.
____ ____ohang______
Yuqoridagi chizmaga mos keladigan qo’shma
gap berilgan qatorni toping.
A) Bilim ado bo’lmas boylikdir, shuning uchun
yoshlik chog’ingdan ilm o’rganish payida bo’lgin.
B) Dunyoning ishlari qiziq ekan: quvinch va
shodlik yonma yon yuradi.
C) Yovlar yakson bo’lsin deb, qala qurdik.
D) Odamlar sizning talantingizga qarab emas,
balki sizdan foyda bo’lishi uchun yaxshi
muomila qilashadi.
16.
Tugangan fahm etib umri baqosin,
Sovug‘ ohurdi yod aylab atosin.
Anosi ham ko‘zi oldig‘a keldi,
Ko‘zidin ikki qonlig‘ rud ochildi
.
Ushbu misralarda Navoiy “Xamsa”sidagi umri
tugab borayotganini fahm etib, ota-onasini yod
etgan qaysi qahramon holati ifoda etilgan?
A) Shirin B) Mehr C) Farhod D) Suhayl
17.
Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni
hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga
chorlaydi
.
Ushbu parchadagi otlar haqida noto’g’ri
ma’lumot berilgan qatorni toping.
A) Ushbu gapdagi barcha otlar tuzilishiga ko‘ra
o‘zaro bir turga oid hisoblanadi.
B) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida hokim
qism vazifasini bajargan ot ishtirok etgan.
C) Ushbu gapdagi otlar ega va to‘ldiruvchi
vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapda aniq va mavhum otlar ishtirok
etgan.
18.
U shu qorong‘uzor bilan qo‘shilib ketgandek va
qorong‘ulikning quchog‘iga kira borgandek
mevazorning ichkarisiga yura bordi.
Ushbu parcha haqida to’g’ri ma’lumot berilgan
qatorni toping.
A) Fe’lning vazifa shakllarining barcha turi
ishtirok etishi kuzatiladi.
B) Hokim qismi to’ldiruvchi vazifasida kelgan
aniqlovchili birikma ishtirok etishi kuzatiladi.
C) Yasama so’zlar bir turkumdan yasalashi
kuzatildi.
D) Aniqlovchi ajratilgan bo’lak bo’lib kelishi
kuzatiladi.
19.
U avval-avval rasmlar chizdi. Rassom
bo‘lmoqchi bo‘ldi. Qator-qator rasmlar chizdi.
Rasmlarni ko‘rgazmaga qo‘ydi. . .
U ajoyib
animalist jonivorlar tasvirini yaratuvchi rassom
bo‘ldi. Ammo "baxt qushi"ni tabiatshunos
olimlikdan, adiblikdan topdi. .
. Ushbu ma’lumot
qaysi ijodkor haqida ekanligini toping.
A) Hans Kristian Andersen
B) Jonatan Svift
C) Ernest Seton-Tompson
D) Antuan de Sent-Ekzyuperi
20.
G‘.G‘ulomning “Vaqt” she’ri haqida berilgan
ma’lumotni aniqlang.
A) She’rda “o‘zbek otasi”ning bo‘rtma, umumiy,
hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks
ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda etilgan.
B) She’rda ko‘lankaning o‘rik bilan u bodroq-
bodroq gullagan paytda do‘st tutingani, biroq
bulutli kunda yo‘qolib qolganligi ifoda etiladi.
C) She’rda shuhratparastlikka intilib
ibodatxonani yoqib yuborgan Gerostratning
qilmishi tilga olinadi. D) She’rda millat dardiga
najot sifatida xalqning og‘irvazmin,
mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari −
yigitlar tilga olingan.
21.
Xalq dostonlaridan birida: “O‘laman, deb mard
qavlidan toyama, Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin
o‘yama, Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim,
Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama”, deya dorga
hukm qilinganda ham mardlikni qo‘ldan
bermagan, yolg‘on gapirishni o‘ziga ep
ko‘rmagan qahramon kim?
A) Qorajon B) Mohiboy
C) Ravshan D) Kuntug‘mish
0000