22.
Hozir test ishlayapsiz. Bilim darajangizni
tekshiryapsiz. Ma’lum muddat o’tib darajangiz
ham aniqlanadi. Agar siz qattiq mehnat qilgan
bo’lsangiz, darslik mavzularini vaqtida
mukammal o’qigan bo’lsangiz, buyuk natija
siznikidir.
Ushbu parcha haqida noto’g’ri ma’lumot
berilgan qatorni toping.
A) Ravishning ma’nosiga ko’ra bir turi ishtirok
etishi kuzatiladi.
B) Mayllarning ikki turi ishtirok etishi
kuzatiladi.
C) Olmoshlarning barchasi bir xil gap bo’lagi
bo’lib kelishi kuzatiladi.
D) Hokim qismi yasama so’z bo’lgan
to’ldiruvchili birikma ishtirok etishi kuzatiladi.
23.
Yomon fe’lli, baxil odam, unga har qancha
yaxshilik qilmang, og‘irini yengil qilaman,
yordam beraman, deb o‘ylamang, baribir u
sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Bil’aks,
o‘zining yomonlik qilmaganini yaxshilikka
yo‘yadi. Bu bilan o‘z tubanligini yana bir marta
namoyish etadi.
Ezopning qaysi masalidan
xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin?
A)"Bo‘ri bilan laylak"
B)"Eshak bilan baqalar"
C)"Burgut, zag‘cha va cho‘pon"
D)"Ustiga tuz ortilgan eshak"
24.
Olovqalb va shijoatli yoshlarimizning
o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishi
yurtimizning porloq kelajagiga ishonchimizni
mustahkamlamoqda.
Ushbu parchadagi bog’lanishlar haqida to’g’ri
ma’lumot berilgan qatorni toping.
A) Tobe va hokim qismlari yasama so’z bo’lgan
birikma ishtirok etgan.
B) Hol uyushiq bo’lak vazifasini bajarishi
kuzatilgan.
C) Tobe qismi aniqlovchi vazifasida kelgan fe’lli
birikma ishtirok etishi kuzatiladi.
D) Sifatlanmishlar yasama so’z bilan
ifodalanishi kuzatilgan.
25.
Tarkibida ikkita ravish qatnashgan gapni
aniqlang.
A) Qo‘qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da,
chelakchelak suv quyadi.
B) To‘satdan eshik sharaqlab ochildi va
ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi.
C) Xafa bo‘lma, o‘g‘lim, - dedi Davronov asta
boshini ko‘tarib.
D) Shu payt uydan – yotog‘imizdan bolalar ham
birin-ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab
tushib kela boshladi.
26.
Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro
bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajarmagan olmosh
qatnashgan?
A) Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan
Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi.
B) Do‘stimdan juda minnatdorman: undan
irodali bo‘lishni o‘rgandim.
C) Kitoblarni olgan kunim o‘qib tugatgandim.
Shuning uchun ularni boshqalarga berib
turishim mumkin.
D) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy
mulki, mislsiz xazinasi. Ulardan har birimiz
foydalanishimiz, aqlimizni xohlaganimizcha
ularning dur-u javohirlari bilan to‘ldirishimiz
mumkin.
27.
Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va
yuzlarida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi.
Mazkur gap bilan bog‘liq noto‘g‘ri hukmni
aniqlang.
A) Ushbu gapda bir xil qo‘shimcha yordamida
yasalgan sodda yasama ot va sifat mavjud.
B) Ushbu gapda asosi shakldosh bo‘lgan yasama
so‘zga shakldosh so‘zning tobelanishi kuzatiladi.
C) Ushbu gapda 4 ta sodda yasama so‘z mavjud.
D) Ushbu gapda fonetik hodisaga uchragan
so‘zlarning vositasiz to‘ldiruvchi va sifatlovchi
aniqlovchi bo‘lib kelishi kuzatiladi.