Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 107
mustaqillik talab etiladi; 3) sivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli
elementlariga bog‘liq bo‘ladi; 4) sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi,
ularning ravnaq topish davri esa, qisqadir; 5) sivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda
rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald SHpengler (1880–1936) rivojlantirgan.
U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan.
SHpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda
o‘ziga o‘xshash boshqa «organizmlar»dan ajralib turadigan alohida «organizm»ni tushungan.
Bundan yagona umuminsoniy madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib
chiqqan. Shu sababli Shpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda «o‘zgarmas va
umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind,
Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan.
Shpengler fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil)
mobaynida mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo‘ladi. Har bir
madaniyat o‘z teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi.
Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb
hisoblaydi.
Lokal sivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori, ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold
Toynbi (1889–1975)dir. U Danilevskiy va Shpenglerning tarixning siklliligi haqidagi fikr-
mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining
yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab, u, 23 sivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa, ularni 13
tagacha qisqartirgan). Toynbi sivilizatsiyalarga «evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida
yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish,
rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o‘tgach,
sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.
Toynbi, bu sivilizatsiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni o‘xshash, deb
hisoblab, shunga asoslangan holda, yaqin kelajakda, dunyo miqyosida yuz beradigan voqealarni
bashorat qilish imkonini beruvchi, ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik
qonunlarini keltirib chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya
hamda insoniyatning ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.
SHunday qilib, sivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati
«yuqori – quyi» ko‘rsatkichlari bilan emas, balki har bir sivilizatsiya o‘z rivojlanish va o‘z
taqdirini o‘zi belgilash jarayonida insoniyat filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan
o‘tishi va o‘z tarixi va betakror individualligiga ega bo‘lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida
qaralishi bilan belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini
beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi
va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa, jamiyatning bir
qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa, statik, deb e’tirof etadi; 2) formatsion
yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion
yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.
Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki,
unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning
kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv «monadaga doir
yondashuv», degan nom olgan. Monadaga doir yondashuvning o‘ziga xos jihati shundan
iboratki, u jahon tarixiy jarayoniga ko‘p sonli tarixiy individlar (sotsiumlar)dan iborat bo‘lgan
yaxlitlik sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi tarixiy
rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar uchun umumiy
bo‘lgan jihatlarga, sivilizatsion element esa, ijtimoiy organizmlarning xususiyatlariga, ularning
betakrorligiga e’tiborni qaratadi. Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion
yondashuvning
umumlashtiruvchi
imkoniyatlari
va
sivilizatsion
yondashuvning