Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 115
Darhaqiqat, antik davrdan boshlab insonga bo‘lgan qiziqish dam kuchayib, dam ma’lum vaqt
pasayib turgan, lekin hech qachon yo‘qolmagan. «Inson nima», degan savol bugungi kunda ham
avvalgidek jahon falsafasidagi o‘ta muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, insoniyatning eng
o‘tkir aql-zakovat sohiblari e’tiboridan tushmay va ayni vaqtda, o‘zining uzil-kesil, umumiy
e’tirof etilgan echimini topmay kelmoqda. Inson har safar mutafakkirlar diqqat markazidan o‘rin
olar ekan, uning mohiyatini yangi tarixiy sharoitda va yangicha nuqtai nazardan anglab etishga
harakat qilib, uni qayta va qayta yangidan kashf etganlar. Pirovardida, falsafa fanida insondan
murakkabroq va ziddiyatliroq predmet yo‘q, desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Inson barcha
yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan o‘ziga xos, betakror va barkamol mavjudot –
cheksiz mikrokosm sifatida ham, inson tabiatining norasoligi va buzuqligi tufayli halokatga
mahkum bo‘lgan tabiat xatosi sifatida ham, Xudo yaratgan banda sifatida ham, boshqa odamlar
faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin qilinadi. Xususan, Sharq mutafakkiri Beruniy jahon
fanida birinchi marta inson va tabiat, odam va olam o‘rtasidagi munosabatlarni dunyoviy fan
nuqtai nazaridan o‘rganadi. U, «odamlar tuzilishining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha
bo‘lishi faqatgina nasablarining turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va erning, odam
yashaydigan joylarning turlichaligi hamdir. Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab,odamlarning
guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli xohishlarni ifodalash
uchun zarur bo‘lgan so‘zlarga ehtiyoj tug‘ilishidir. Uzoq zamonlar o‘tishi bilan bu iboralar
ko‘payib, yodda saqlangan va takrorlanish natijasida tarkib topib, tartibga tushgan»
2
, deb
hisoblaydi. Demak, Beruniy fikricha, insonning fe’l-atvori va ma’naviy qarashlari, surati va
siyrati bevosita tabiiy muhit ta’sirida shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit
xalqlar, millatlar shakllanishining muhim asosi bo‘la oladi. «Inson o‘z tabiatiga ko‘ra murakkab
tanaga egadir. Insonning tanasi bir-biriga qarama-qarshi qismlardan iborat bo‘lib, bu qismlar
tobelik kuchi asosida birlashgan». Beruniy fikricha, hamma odamlarda o‘zaro bir-biriga
o‘xshash va ayni paytda farq qilib turadigan jihatlar mavjud. Ibn Sino, «Inson boshqa barcha
hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni
o‘rganish yordamida boyiydi»
3
, deb hisoblaydi. Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra
hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj
bo‘ladi. Yakka holda hech kim buning uddasidan chiqa olmaydi. «Inson shunday maxluqotki, u
faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin»
4
.
Inson o‘z hayotining me’mori, ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, iste’dodlarni
tarbiyalashi lozim. Bunga esa, u jamiyatda yashab faoliyat ko‘rsatgandagina erishadi. Inson
ijtimoiy mavjudot. Yolg‘izlik, uzlat uni qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib
boradigan iste’dodini yo‘qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan
ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. SHunga ko‘ra, u
umrining har daqiqasida yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan
ko‘ra muhabbatga intilib yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir. Inson barcha
ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan fikr insonga mexanistik nuqtai nazardan yondashgan
Ma’rifat davri mutafakkirlari, xususan,«Inson–mashina» deb nomlangan asar muallifi fransuz
J.Lametri (1709–1751) ilgari surgan g‘oyalar bilan to‘qnashadi. Boshqa bir mashhur fransuz
faylasufi R.Dekart (1596–1650) asarlarida inson mohiyati masalasiga nisbatan butunlay
o‘zgacha yondashuvga duch kelamiz. U«Inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi. «Inson, u
uzoq vaqt o‘ylaganidek, dunyoning statik markazi emas, balki evolyusiyaning o‘ziga va
cho‘qqisi bo‘lib, bu ancha go‘zalroqdir», deb qayd etadi atoqli fransuz faylasufi va teologi P.T.
de Sharden (1881–1955). Unga zid o‘laroq, A.Shopengauer (1788–1860) inson nuqsonli
mavjudot ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi», deb ataydi. Fransuz yozuvchisi va
faylasufi J.P.Sartr (1905–1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka
qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzod kelajagidir», deb
2
Beruniy Abu Rayhon. Tanlangan asarlar. 1-jild. –Т.: «Фан», 1968 y. 16–17-b.
3
Ибн Сина. Данишнамэ. Душанбе. 1957 г. с. 59.
4
Forobiy. Fozil odamlar shahri. –Т.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot, 2016 y. 69-b