11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 163
Masalan: Barcha planetalar — sharsimon.
Demak, Yer - sharsimon.
v) Predikatga qarama-qarshi qo’yish . Bunda xulosaning sub’ekti asosning predikatiga,
xulosaning predikati asosning sub’ektiga zid bo’ladi.
Masalan; Hamma talabalar bilimga chanqoq.
Demak, hech bir talaba bilimga chanqoq bo’lmasligi mumkin emas.
Formulasi: A - Barcha S-R dir,
Demak, O - Ayrim S-R emasdir.
Mantiqiy kvadrat bo’yicha A-O hamda E-J zid, ya’ni kontradiktor hukmlar hisoblanadi va
uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bunda A ning chinligidan O ning yolg’onligi kelib
chiqadi. Demak, zid hukmlardan bevosita xulosa chiqarish mumkin emas.
Masalan: Sudning ayrim qarorlari oqlaydi (J).
Sudning hech bir qarori oqlamayli (E). Xulosani mantiqiy kvadrat bo’yicha chiqarish mumkin.
Mushohadalar orasidagi munosabatlarga tayangan holda xulosa chiqarish mantiqiy kvadrat
bo’yicha xulosa chiqarish, deb yuritiladi.
Ma’lumki, mushohadalar orasida qarama-qarshilik, zidlik hamda bo’ysunish munosabatlari
mavjud.
A-E hamda J-O mushohadadlar orasida qarama - qarshilik munosabati mavjud. Bunda bir
hukmning chinligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqishi shart zmas. Masalan: Ayrim talabalar
reyting ballarini to’playdi.
Ayrim talabalar reyting balini to’play olmaydi.
Bunda mushohadaning birinchisi asos, ikkinchisi xulosa bo’lishi mumkin.
A-J hamda E-O hukmlari bo’ysunish munosabatida. Shuning uchun ham umumiy inkor (E)
hukmdan juz’iy inkor (O), umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinishi
mumkin.
2) Bilvosita deduktiv xulosa chiqarish. Birdan ortiq asosdan yangi fikrni hosil qilish mantiqiy
uslubi bilvosita xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bilvosita xulosa chiqarish jarayonida inson fikri
umumiylikdan yakkalikka, yakkalikdan umumiylikka, juz’iylikdan juz’iylikka qarab borishi
mumkin, Shunga ko’ra xulosa chiqarish uch yo’lda amalga oshiriladi:
1. Deduktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri umumiylikdan yakkalikka qarab boradi.
2. Induktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri yakkalik, juz’iylikdan umumiylikka qarab boradi.
3. Analogiya vositasida xulosa chiqarish. Bunda inson fikri juz’iylikdan juz’iylikka qarab boradi.
Bilvosita xulosa chiqarishning muhim turlaridan biri —