deduktiv xulosa
deb yuritiladi.
11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
162
Induktiv xulosa chiqarishda
fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Alohida predmet va
hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini tahlil etish asosida
analogiya bo’yicha
xulosa
chiqariladi.
1. Deduktiv xulosa chiqarish.
Deduktiv xulosa chiqarish ikki usulda amalga oshiriladi:
1) bevosita deduktiv xulosa chiqarish;
2) bilvosita deduktiv xulosa chiqarish.
1) Bevosita deduktiv xulosa chiqarish.
Bir asosdan mantiqiy tahlil orqali yangi fikr (bilim) ni
hosil qilish bevosita deduktiv xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bunda ayrim mushohadalar qayta
ishlanadi. Yangi fikr (bilim) ga asos bo’lgan mushohada xulosaning asosi, hosil bo’lgan yangi
fikr - xulosa bo’lib hisoblanadi.
Bevosita xulosa chiqarishda mantiq usullar yordamida amalga oshadi.
Bunday mantiqiy usullariga quyidagilar kiradi:
a)
almashtirish orqali xulosa chiqarish
b)
aylantirish orqali xulosa chiqarish v) predikatga qarama-qarshi qo’yish
g)
mantiqiy kvadrat .
a) Almashtirish
shunday mantiqiy usulki, bunda asos bo’lgan hukmning sub’ekti (S) xulosaning
predikatiga (R), uning predikati (R) esa xulosaning sub’ekti (S) ra almashtiriladi. Bundan
fikrning mazmuni o’zgarmay qoladi. Masalan: Guruhimizning ayrim talabalari (S) — a’lochi
(R). Demak, ayrim a’lochilar (S) — guruhimiz talabalari (R).
Almashtirish chiqarilgan xulosaning aniq bo’lishini ta’minlaydi. Almashtirish natijasida umumiy
tasdiq (A) mushohadadan juz’iy tasdiq (J) ni hosil qilish mumkin. Masalan: Respublikamizning
barcha viloyatlari davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardilar. Demak,
Toshkent viloyati ham davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardi. Berilgan
xulosani quyidagi sxemaga solish mumkin:
Barcha S — R (A)
Demak, ayrim S — R (J) Shuningdek, almashtirish natijasida umumiy inkor hukm (E)dan
umumiy inkor hukm (E)ni, umumiy tasdiq hukm (A)dan umumiy tasdiq hukm (A)ni hosil qilish
mumkin,
b) Aylantirish
orqali xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, asos qilib olingan
mushohadaning sub’ekti (S) xulosada ham sub’ekt sifatida qoladi, lekin predikat va bog’lovchi
o’z qarama-qarshisiga aylanadi,
Qisqacha qilib aytganda, aylantirish yordamida asosga teng, lekin mazmun jihatidan qarama-
qarshi fikr juz’iy tasdiq (J) mushohadadan hosil qilinadi. Masalan: Har qanday jinoyat
jazolanmog’i lozim. Demak, hech qanday jinoyat jazolanmasligi mumkin emas.
Sxemasi: S — R dir.
Demak S — R emasdir .
Aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan umumiy inkor (E), Juz`iy tasdiq
hukmdan (J) juz’iy inkor (O) mushohada hosil qilinadi,
Masalan: Hamma bosqinchilik urushlari — adolatsiz.
Demak, Hamma bosqinchilik urushlari — adolatli emas.
Sxemasi: Har bir S — R dir.
Demak, hech bir S — R emasdir.
Aylantirish mantiqiy uslubining ikki ko’rinishi mavjud:
1) Sodda aylantirish
2) Cheklash orqali aylantirish.
Sodda aylantirishda xulosaga asos qilib olingan fikr va hosil bo’lgan yangi fikr hajm jihatidan
teng bo’ladi.
Masalan: Faqat barcha kvadratlar — tomonlari teng to’rtburchak.
Demak, barcha tomonlari o’zaro teng to’rtburchaklar — kvadrat.
Sxemasi: Barcha S — R dir
Barcha R — B dir.
Cheklash orqali aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil
qilinadi.
|