11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 165
Sxemaning o’qilish tartibi:
S M ning belgisi, M R ning belgisi.
Sillogizm aksiomasining 2 xil ifodasi mavjud:
1. Belgining belgisi narsaning o’z belgisidir. Boshqacha qilib aytganda, jinsga mansub belgi
turga ham xosdir.
2. Belgining belgisi bo’lmagan narsa narsaning o’z belgisi emasdir. Ma’nosi: agar belgi
turkumga xos bo’lmasa, narsaga ham xos emasdir. Bunday holatda sillogizm terminlari (R, M,
S,) ni quyidagicha ifodalash mumkin:
R — jins
M- tur
S — alohida predmet
Sillogizm vositasida chiqarilgan xulosalarning chinligini ta’minlash sillogizm qoidalariga rioya
etishni talab qiladi.
Sillogizm figuralari. Sillogizm xulosasidagi o’rta terminning joylashuviga qarab o’zaro, bir-
biridan farqlanadigan shakllari sillogizm figuralari deb yuritiladi.
Mantiq ilmida sillogizmning 4 figurasi asoslab berilgan.
Bular: a) Sillogizmning birinchi figurasi
b) Sillogizmning ikkinchi figurasi
s) Sillogizmning uchinChi figurasi
d) Sillogizmning to’rtinChi figurasi
a) Sillogizmning birinchi figurasida o’rta termin M katta asosning sub’ekti va kichik asosning
predikati vazifasida keladi, hamda asoslarni bir-biriga bog’laydi.
b) Sillogizmning ikkinchi figurasida o’rta termin M katta va kichik asosda predikati vazifasida
keladi va ularni bir-biriga bog’laydi.
c) Sillogizmning uchinchi figurasida o’rta termin M har ikkala asosning sub’ekti hisoblanadi va
asoslarni bir-biriga bog’laydi. d) Sillogizmning to’rtinchi figurasida o’rta termin M katta
asosning predikati va kichik asosning sub’ekti bo’lib keladi hamda ularni o’zaro bog’laydi.
Sillogizm moduslari. Sillogizm moduslari deganda sillogizmning har bir figurasi doirasida
chiqariladigan xulosalarning turlari nazarda tutiladi.
Sillogizm tarkibidagi mushohadalarning