Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 178
-
insonning
tabiiy
xislatlarini
o‘zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida
umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;
-
jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-
ijtimoiy omil asoslaridan biri;
-
kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va
ma’naviy qadriyatlarini anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga etkazib berish
yo‘llaridan eng afzali;
-
oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-
nomus kabi an’analarni nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish
vositasi;
-
adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasi
sifatida muntazam ravishda rivojlanib kelgan va rivojlanadi.
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar,
mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil
etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini:
-
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston
xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu
esa, o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi.
Regulyativ funksiyasi – axloqning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Regulyativ funksiya
shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy
normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi:
axloqiy prinsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq
nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi.
Aksiologik funksiyasi (baholash) – yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy
xatti-harakat u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-
yomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar,
shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni
rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion (bilish) funksiyasi- axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy
prinsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai
hisoblanadi. SHu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda
axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini,
hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi.
Tarbiyaviy funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi – bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi
hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq
tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret
vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy yondashuvga o‘rgatadi.
Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-o‘zini nazorat qilishga
o‘rgatadi.