Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 175
2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa,
bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi,
xolos.
3. “Aylanma isbot etish”deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali,
argumentlarning chinligi tezis orkali isbotlansa mantiqiy xatoga yul qo‘yiladi. Masalan,
“So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi”, degan tezisni “Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi”,
deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo’l qo’yiladi.
III.Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq, xatolar.
1. “Yolgon (soxta) isbotlash”. Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita
kelib chiqmasa, mantikiy xatoga yul kuyiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga
asoslaniladi. Masalan, “A shaxs yomon odam”, degan tezis “Tunda yomon odamlargina
ko‘chada yuradi”, “A shaxs ko‘chada tunda yuribdi” degan argumentlar bilan asoslansa, fikr
yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi.
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va baxs yuritish koidalariga amal kilish tafakkur
madaniyatini yukori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Bilishning maqsadi qayd kilingan
hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vakt ham mavjud tasavvurlar,
prinsiplar yordamida amalga oshirib bulmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi
navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini xal qilish
zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo buladi. Bunday ziddiyatlar,
ayniksa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal kilishda, fanda esa tub burilishlar
davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mana shunday vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda XIX
asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasiiing kayd kilinishi, elektronning
kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar
natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning
mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd kilingan xodisalarni tushuntirish uchun etarli
emasligida, deb bilmok zarur.
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan tarakkiyotining ichki
ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari
va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish
sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya
Muammo - javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bulgan
savoldir. SHuning uchun xam muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash,
ba’zi hollarda esa, xatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini
qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muxokama kilishning
xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz extiyojlari belgilab beradi.
Muammoni muvaffaqqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni tug‘ ri qo‘yish va anik
bayon kilishdan iborat. To‘g‘ri ko‘yilgan savol, V.Geyzenberg aytganidek, muammoni
echishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Muammoni to‘g‘ri quyish uchun muammoli
vaziyatni aniq tasavvur kilishning o‘zi etarli emas. Buning uchun muammoni xal kilishning turli
xil usullari va vositalarini xam oldindan ko‘ra bilish kerak.