Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
177 
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI 
AHAMIYATI 
REJA: 
 
1.
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm 
ta’limotining axloqiy ahamiyati.
2.
Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.
3.
XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
4.
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, 
me’yorlarining shaxs 
va 
jamiyat 
munosabatlarida namoyon bo‘lishi.
5.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov 
Tayanch tushunchalar:
Axloqshunoslik, Etika, Axloq, Xulq, Odob, Falsafa, Milliy g‘oya, 
Noosfera, Etosfera, Biosfera. Muhabbat va nafrat, Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, 
Adolat, Vijdon, Burch, Nomus, Ideal, Insonparvarlik, Erkparvarlik, Vatanparvarlik, 
Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Jo‘mardlik, Xalollik, Rostgo‘ylik, xushmuomalalik, 
Kamtarlik. 
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.
Qadimgi yunon faylasufi 
Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga 
falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga 
esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan 
sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos 
o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, 
xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z 
qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi 
aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi 
vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning 
majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy 
faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga 
aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha 
sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-
harakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» 
tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot 
uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, 
milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. 
Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-
harakatlar yig‘indisidir».
1
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir 
shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir. 
Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda 
jamoalar bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga 
kelib, o‘zining tarixiy taraqqiyotida: 
1
A. Sher. «Axloqshunoslik». Т., 2010 y.



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin