MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 328
mustaqil o‘qish malakasini, shaxsiy o‘quv faoliyati maqsadini belgilash, rejalashtirish
va tashkil etish qobiliyatini shakllantirish;
talabaning individual ta’limiga ko‘mak berish;
bilimlarni
ijobiy umumlashtirish uchun qo‘shimcha
sharoitlar va imkoniyatlar yaratish.
Portfolioni yuritilishi talabaning bilim olish faolligini, o‘zining maqsad va
imkoniyatlarini bilish darajasini oshiradi. Talabada o‘z bilim va imkoniyatlarini, iqtidorini
baholash va u asosida maqsadni to‘g‘ri va aniq belgilash, kelajakni o‘ziga ishonib
rejalashtirish, olgan bilimlarini hayotda amalda qo‘llashga ishonish hissi paydo bo‘ladi.
Talaba portfoliosini yaratishdan maqsad portfolio talabaning ma’lum fan bo‘yicha
barcha ishlarini to‘liq yoritishi kerak. U o‘z ichiga fan bo‘yicha barcha turdagi topshiriqlar,
loyihalar, ma’ruzalar, yozma ishlarni qamrab olishi, talabaning ushbu fan bo‘yicha
muvaffaqiyatlarini, fanga munosabatini, fanni o‘zlashtirishi va tushunishini, muammoli
topshiriqlarni bajarish va kommunikativ qobiliyatini, uning kelajakda ushbu fan bo‘yicha
intilishlari va o‘zlashtirishini, o‘zlashtirish usullarini ko‘rsatib berishi zarur. Aniqlilik va nutq,
fikrni bayon qilish madaniyati «portfolio» sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga ahamiyat berish talab etiladi:
-talabaning mustaqil fikrlashi;
-«portfolio» yaratishning vaqt oralig‘ini belgilash ( semestr, o‘quv yili yoki butun o‘quv
jarayoni bo‘yicha);
-fan bo‘yicha erishilgan bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi va asoslanganligi;
-taklif etilgan ishlar (loyihalar, mustaqil ishlar, referatlar va b.) bo‘yicha talabaning o‘z
bahosi;
-muammollarni hal etish jarayoni, yo‘llari.