Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
330 
davlatlarda allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun 
bir qancha qulayliklarni yarata oladi. 
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning kommunikativ 
muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo‘yicha ham 
yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota- onalarni ham faol 
ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z farzandlari 
faoliyati natijalarini baholashlari uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan 
taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin. 
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z-o‘zini baholash natijalari 
muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash 
mumkin: 
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari quyidagi 
omillar bilan asoslanadi: 

ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga mos kelishi; 

bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z 
qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi; 

talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o‘z 
qarorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi). 
2.
Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan bo‘yicha o‘z 
yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo‘yicha muhim deb 
hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi- 
ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o‘zgartirishlar kiritish, unga 
tushuntirishlar berish, o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu 
bilim sohasi bo‘yicha u nimalarni o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki tushunmadi, 
kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o‘z bilimlariga o‘qituvchi, 
ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo‘ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin. 
3.
«Portfolio» materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va 
aniqligi. 
4.
«Portfolio»da keltirilgan materiallarni to‘liqligi va mazmunan tugallanganligi. 
5.
«Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi. 
6.
«Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo‘lishi. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin