.
361-bet.
Elektron ta’lim resurslari:
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari
o’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda
o’quv fani o’qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch
kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so’ng, o’rganilishi zarur bo’lgan mavzu va
shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o’tish metodi, usuli tanlanadi.
Interfaol yondashuv. O’qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit
yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini
kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda
hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish
etadilar.
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib
boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va
malakaga ega bo’ladigan o’qitish tizimidir.Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy,
axborot, kommunikatsiya va h.k.)masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar. Mazkur
metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori
darajada bo’lishi, shart hisoblanadi.
Loyihalash
metodi
orqali
o’quvchilarda
quyidagi
shaxsiy
kompetensiyalar
shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik;
tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko’ra bilish;
tashxislash;
motivatsiya. Tanqidiy tafakkur
metodi
Muammoli modulli ta’lim metodi.
Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashni nazarda tutadi.
Mazkur metod o’qitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, o’qitish vositalari va
pedagogik texnikaning qo’llash usulari bilan farqlanadi. U o’quv predmetini nisbatan kichik
bo’laklarga – modullarga bo’lishni ifodalaydi. O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan
ta’lim. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchiodamni
Shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsgaaylanadi. Individ
tushunchasida kishining nasl-nasabi mujassamlashgandir.
Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy
topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va malakaga ega
bo’ladigan o’qitish tizimidir.
Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.)
masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar.Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun
loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, shart hisoblanadi.
59
Quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his
etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila
bilish; uzoqni ko’ra bilish; tashxislash.
KLASTER (Klaster-tutam, bog‘lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning
mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni
yig‘ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro
bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Klasterni tuzish qoidasi
bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2
so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida
mavzu bilan bog‘liq so’z va takliflar kichik doirachalar "yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni
"asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo’ldoshlarda” "kichik yo’ldoshlar”
bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi
mumkin. Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy)
alomat. Ajratilgan
alomatlar
asosida
olingan
ma’lumotlarni
birlashtirishni
ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini
rivojlantiradi. Toifalarni jadval ko’rinishida rasmiylashtiradilar. Ғoyalarni ma’lumotlarni toifaga
mos ravishda bo’ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o’zgarishi mumkin. Yangilari
paydo bo’lishi mumkin. Ish natijalarining taqdimoti
.
BBB
Jadvali -
Bilaman/
Bilishni
hohlayman/
Bilib
oldim.
Mavzu,
matn,
bo’lim
bo’yicha
izlanuvchilikni
olib
borish
imkonini
beradi.
Tizimli
fikrlash,
tuzilmaga
keltirish,
tahlil
qilish
ko’nikmalarini
rivojlantiradi.
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishdilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
"Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va "Nimani bilishni hohlaysiz” degan savollarga javob
beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1- va 2-bo’limlarini
to’ldiradilar.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-bo’limini to’ldiradilar.
VENNA diagrammasi 2- va 3-jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash
yoki
qarama-qarshi
qo’yish
uchun
qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
VENNA diagrammatuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma
Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar. Juftliklarga birlashadilar,
o’zlarining diagrammalrini taqqoslaydilar va to’ldiradilar. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch
doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.
1.
Aylana yoki to’g‘ri to’rtburchak shakllaridan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz.
2.
Chizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g‘ri chiziqli, to’g‘ri chiziqli emasligini
o’zingiz tanlaysiz.
3.
Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan
yo’nalishingizni belgilaydi.
60
Boshlang’ich
sinflarda
tayanch
kompetensiyalarni shakllantirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va o‘rta
maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi “Umumta’lim maktablari fanlari
bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi
olimlar tomonidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim
standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha fanlar bo‘yicha
DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014
yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari
bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari
va o‘quv dasturlarini loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i qabul
qilindi. 2014-2015-o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil
etilgan respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, shuningdek, Xalq ta’limi
vazirligi tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga, filologiya fanlariga, profilli mehnat ta’limiga, tabiiy
fanlarga, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari
olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan bugungi kunda
amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi
(boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish, matematika, tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son
qaror bilan ijroga kiritildi. Unga ko’ra davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida
quyidagilar belgilangan: Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini
mamlakatda
amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar,
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan
shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ko’rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun
tayanch kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur. Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy
yondoshuv deganda nimani tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga
muvofiqdir. Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan
davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav
yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi;
2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Biz bu ta’riflarning ikkinchisiga to’xtalamiz va
kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga ma’lum bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga
yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz. Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda,
o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli
xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha
raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim.
Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish
kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi,
matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
kompetensiyalari kiradi.
61
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda
muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot
hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon,
mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy
adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan
fikralmashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning
o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga
qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday
muloqot, albatta, samarali bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona –
o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir. Bolalar nutqining
rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola jumlalarining mazmuni va
shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos
situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy
muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining
yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan
xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara
boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib
borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga
aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat
tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita
bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu
yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi
tadqiqotlarga
nisbatan
yuqoriroq
miqdoriy
ko'rsatkichlar
aniqlandi.
Kommunikativ
kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda
jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish ham o’z o’rniga ega. Umuman maktab
o’quvchisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o’tishiga bog’liq bo’ladi.
Ulg’ayayotgan kishining hayotdagi mavqeyini shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda,
o’z vazifasini anglatishda o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan
faol va qat’iy faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani egallashi
orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda
zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim
jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va
ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab
qilinadi. Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari
- davriy matbuot (gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio,
televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi,
internet), reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish
uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi
taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo’q. Shuni ham unutmaslik
kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga
ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilik shu bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod
katta hajmdagi “axborot maydoni” - rang-barang ma’lumotlarga duch keladi. Yоsh xususiyatiga
ko‘ra esa voyaga etgunga, ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun
mavjud axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki,
barcha qiziqarli axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat
62
qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan jamiyatda to‘plangan
ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan, har qanday holat, voqelik, hodisa,
jarayonning mohiyatini anglashga intiluvchi yoshlar tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra tizimsiz ravishda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib, ular
bilim sanalmaydi. Uchinchidan, yoshlarning hali xayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-axloqiy
tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot maydoni”dan uzluksiz
ravishda ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga ega bo‘lishlariga olib keladi. Katta
miqdordagi yuklama esa o‘z-o‘zidan inson miya faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni
o‘zlashtirish, qayta ishlashda zo‘riqishni yuzaga keltiradi. Ruhiy zo‘riqish o‘z navbatida
tushkunlikni keltirib chiqaradi. Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi kasalliklarining
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi 1 . O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham
boshlang’ich sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada
o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan AQSH
pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin:
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik;
-o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash.
Shuningdek, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi va asosiy maqsad intellektni mashq qildirish
va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi.
Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o’qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun
rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Boladagi o’qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni
yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.
Sinf rahbarlarining madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilishi, har
bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilishi bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik,
tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy
yondashish talab qilinadi. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion
sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning rivojlanib borishi natijasida
bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda
o'zining ijtimoiy "men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga
o'tishida muhim rol o'ynaydi. Bu davrda bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga
irodaviy jarayonlar ham ko'rina boshlaydi (maqsad qo'yish, yo'1-yo'riq hamda vositalarni
belgilash, qarorga kelish va qarorni ijro etish). Bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish va
mustahkamlashda ularni mehnat mashg'ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati kattadir.
Bolalarga biron mehnat topshirig'i berilsa, ular ayni chog'dagi o'zlarining mayl-xohishlarini
yengib, mehnat topshiriqlarini o'z vaqtida bajarishga intiladilar. Bolalardagi irodaviy harakatlami
rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o'ziga xizmat qilish, sinfda navbatchilik qilish, gullarni
parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur.
Bunda faqat mehnat topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu
topshiriqlarni qanday bajarayotganliklarini ham tizimli ravishda tekshirib, nazorat qilib turish
lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi. Bundan tashqari
bolalarda ijtimoiy motivlarning ta'siri bilan bir qator irodaviy sifatlar, ya'ni qat'iylik, mustaqillik,
tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bolalar irodasining bunday
sifatlari katta odamlarnikidek mustahkam, ya'ni xarakter xislatlariga aylanib ketgan darajada
bo'lmaydi.
63
Bolalarda ko'rinadigan ba'zi iroda sifatlari (qat'iylik, mustaqillik kabi) ko'pincha epizodik
xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to'sqinlik uchrab qolsa,
o'zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Jamoa
rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri – o’quvchilarning birgalikdagi
faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko’rish, shanbaliklarda ishtirok etish kabi
maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik
kompetensiyasini rivojlantirishda o’quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon
bo’ladigan munosabatilarni tahlil etish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining o’ziga
xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o’quvchilar jamoasini
shakllantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari
dastavval bolalarning o’qishda o’quvchilarning o’zaro ga qanday munosabatda ekanliklarini,
o’zlarini darsda qanday tutishlarini, bir-biriga sidqidildan yordam berish yoki bermasligini
kuzatadi va kerakli tadbirlarni qo’llaydi. Maktab o’quvchilarining bilimga qiziqishi ularning
hayotiy ehtiyojlariga bevosita bog’liqdir. Maktab hovlisidagi bog’, tokzor, issiqxonada
o’tkaziladigan amaliy jarayon – daraxtlarni butash, ularga payvand solish, tok kesish, daraxt
o’tqazish, issiqxonalarda pomidor, sabzavotlar yetishtirish qoidalari o’quvchilarda katta qiziqish
uyg’otadi. Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantirish va o’stirishda sinflarni, o’quv xonalarini va
maktab binosini jihozlash ham katta ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarda bu jarayon turli qarashlar,
did, dunyoqarashni shakllantiradi, estetik zavq uyg’otadi, tegishli ma’lum sohalarga havas
uyg’otadi. Shuningdek, tadbirlar yoki sayohatlar orqali ham ijtimoiy faol fuqarolikni tarbiyalash
mumkin. Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda boshlang’ich sinf
o’qituvchisining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. O’qituvchining shaxsiy
fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir
ko’rsatadi. O’qituvchi uchun malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. U o’z
tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi,
odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir kuchiga ega. Chunki, o’qituvchilik qobilyati juda
ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan
cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik
namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
kompetensiyasida o’quv mehnatiga ongli munosabatda bo’lishlik ta’limning ijtimoiy, o’qishning
shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam
favqulodda hech kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo’lgan, noma’lum narsa va
hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo’r berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish orqali
munozarali vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi. O’zlashtirishning past bo’lishi, aksariyat
hollarda, o’quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko’nikmasining bolalarda
shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan o’qituvchilarining asosiy vazifasi har
bir o’quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog’liq:
1.Faoliyatni reja asosiga qurish.
2. Qunt bilan ishlash.
3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish.
4. Bilim sifatini oshirish.
5. Qiyinchiliklarni yengish.
6. O’quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu o’quv mehnatini o’quvchining dam olishi
bilan to’g’ri almashtirib borilishidir.
64
7. O’qishda o’rtoqlarcha o’zaro yordam uyushtirish. O’rtoqlarcha o’zaro yordam sinfda
ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib
keladi.
8. Sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas,
balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi.
Sinf o’qituvchisining asosiy vazifasi har bir o’quvchini mantiqiy fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Ayniqsa, bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o’qish va kitob bilan mustaqil
ishlash, uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi lozim bo’lgan intizom, olgan bilimlarini amalda
qo’llash kabi zarur sifatlarni shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarni o’quv
mehnatida muayyan rejaga itoat etishga o’rgatish orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining
o’zlashtirish sifatini oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |